TGINSIGHT CHAT
Olim fondi
@olimfondi
Bildung2021-yilda "Easybooking kompaniyasi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Olim Xasanov fondi” davlat Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va to’lov shartnomani to’lashga qiynalayotgan barcha yoshlarga yordam berishga tayyor! @Olimfondi_bot
Aktuelle Beiträge
S. 1 von 7 · 73 Beiträge
Gepostet vor 8 Tagen
❗️Aziz “Olim fondi” talabalari! 📌Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ushbu qutlug‘ bayram barchangizga sihat-salomatlik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar, oilaviy baxt va fayz-baraka olib kelsin. ✨ Kelajagimiz tayanchi bo‘lgan siz yoshlarning bilimga chanqoqligi, intilishi va ezgu maqsadlari yurtimiz ravnaqiga xizmat qilishiga ishonaman. Har doim yuksak marralarni zabt etib, ota-onangiz va ustozlaringiz faxri bo‘lib yuring. 💬Hayit ayyomi barchangizga quvonch va xotirjamlik olib kelsin! Hurmat bilan, Zuhra Sharipova
Gepostet vor 8 Tagen
🌙Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! 🕊 Sizlarni kirib kelgan muborak Qurbon Hayiti bilan samimiy tabriklaymiz. Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik, baraka, mehr-oqibat va ezgulik olib kirsin. 🤲 Hayit kunlari qalblarimizni mehr, saxovat va birdamlik ruhiga to‘ldirsin. Har bir qilgan ezgu niyat va amallaringiz qabul bo‘lsin! ✨ Sizga mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaymiz. Hurmat bilan, Olim fondi jamoasi
Gepostet vor 16 Tagen
❤️🔥❤️🔥❤️🔥🔴🔴🔴 🎙 Olim fondi YouTube kanalida ilk podkastni e’lon qilamiz! Ilk mehmonimiz — Fond eksperti Azamat Akbarov bilan suhbatda bugungi ta’lim tizimidagi eng dolzarb savollarga javob izladik. 📌 Mavzu: “Oliy ta’lim kerakmi? Sun’iy intellektning oliy ta’limga ta’siri” Podcast davomida: — Sun’iy intellekt davrida diplomning ahamiyati — Kelajak kasblari va zamonaviy ko‘nikmalar — Universitet ta’limining o‘rni — AI sabab o‘zgarayotgan ta’lim tizimi haqida fikrlar bildirildi. 🎞 Podcastni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 🔗 [link] Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet vor 17 Tagen
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Tursunmurodov Kamronbek– Olim fondining 2024-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi yutuqlari va muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ Olim fondi stipendiati bo‘lish menga hayotdagi eng muhim qoidalardan birini yana bir bor isbotladi — bu hech qachon taslim bo‘lmaslikdir. ⚡️2023-yilda ushbu stipendiyaga topshirganimda final bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchraganman. Ammo keyingi yil yana urinib ko‘rdim va aynan shu safar Olim fondi stipendiati bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim. 💬O‘ylaymanki, aynan taslim bo‘lmaganim meni shu yutuqqa olib keldi. ✔️Bu stipendiya tanlovida g‘alaba qozonish oson emas. Chunki bu yerga O‘zbekistonning eng iqtidorli va bilimli talabalari topshiradi. Raqobat kuchli, saralash jarayoni esa juda mashaqqatli. ☄️Fond stipendiati bo‘lganimdan so‘ng o‘zim ustimda yanada ko‘proq ishlashga harakat qildim. Bor e’tiborimni ta’limga qaratdim, turli tanlovlarda qatnashdim va bo‘sh vaqtlarimni ilmiy maqolalar yozishga bag‘ishladim. Bu esa quyidagi yutuqlarga erishishimga sabab bo‘ldi: 🏆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi 🏆 Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi 🏆 “Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rin 🏆 BAAda o‘tkazilgan xalqaro havo huquqi tanlovida “Best Oralist” nominatsiyasi 🏆 Belarusda o‘tkazilgan xalqaro havo huquqi tanlovida 2-o‘rin 🏆 “Bo‘lajak adliya xodimi” tanlovida “Eng notiq huquqshunos” nominatsiyasi Bu yutuqlarning barchasida Olim fondining hissasi katta. Fond yaratib bergan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga harakat qilganim uchun shu natijalarga erishdim, deb hisoblayman. Yoshlar uchun esa uchta muhim maslahat: ➡️ O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslamang. Har bir insonning o‘z yo‘li va o‘ziga xosligi bor. “Do not compete to be the best, compete to be unique.” ➡️ Xato qilishdan qo‘rqmang. Muhimi — o‘sha xatodan saboq chiqarish va yana takrorlamaslik. ➡️ Harakat qilishdan hech qachon to‘xtamang. Muvaffaqiyatsizlik ham vaqtinchalik. Yutqazsangiz ham, yana urinib ko‘ring. 🗣️Men ham shu tamoyillarga amal qilishga harakat qilaman va aynan shu orqali rivojlanayotganimni his qilaman 📌Yasha, o’rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet vor 29 Tagen
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Jo‘rayev Jahongir– Olim fondining 2023-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi yutuqlari va muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ 2023-yil sentabr oyida Olim fondi g‘olibi bo‘lganman. ➡️Shu yilning o‘zida xalqaro Huawei kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi mahalliy va xalqaro universitetlar ichidan eng iqtidorli 15 nafar talaba qatoriga tanlab olinganman. ➡️Ushbu tanlov asosida Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan 1 haftalik Seeds for the Future dasturida ishtirok etdim va jamoamiz bilan TOP-5 jamoalar qatoridan joy oldik. ➡️Natijada BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 1 haftalik Acceleration dasturiga taklif qilindik. Dastur davomida Aquatibia startap loyihamizni rivojlantirib, prototip va biznes modelini ishlab chiqdik hamda xalqaro ekspertlar oldida taqdim etdik. ➡️Natijada Middle East va Central Asia davlatlaridan kelgan eng iqtidorli talabalar orasida 1-o‘rinni egalladik. ➡️Loyihamiz sho‘r suvni zamonaviy texnologiyalar va kimyoviy jarayonlar orqali ichimlik suviga aylantirishga qaratilgan innovatsion yechim hisoblanadi. Ushbu loyiha COP28 dasturi tashkilotchilari tomonidan ham yuqori baholandi va biz jamoamiz bilan Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyaga taklif qilindik. ➡️Bundan tashqari, 2023-yilda Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi bo‘lganman. ➡️2024-yil yanvar oyida 76 davlat qatnashgan Tech4Good xalqaro musobaqasida ishtirok etib, Silver Award va People’s Choice Award mukofotlarini qo‘lga kiritdik. ➡️2024-yil iyun oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan IEEE xalqaro ilmiy tadqiqotlar konferensiyasida “Internet of Things Based Smart Wheelchairs as a Gateway to Increased Independence and Quality of Life” nomli ilmiy maqolam bilan qatnashdim. ➡️2024-yil iyul oyida Xitoyning Shenzhen va Shanghai shaharlarida o‘tkazilgan Digital Talents dasturiga taklif qilindim va Shanghai shahrida bo‘lib o‘tgan MWC xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etdim. ➡️2024-yil oktyabr oyida WiFi-7 xalqaro musobaqasida qatnashib, xalqaro IT ekspertlari orasida faxrli TOP-3 o‘rinni egalladim. Mukofotni qabul qilish uchun Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan GITEX 2024 dasturiga taklif qilindim. ➡️2024-yil noyabr oyida Toshkent shahridagi Amity Universityni birinchi darajali diplom bilan tamomladim. ⚡️Bu yutuqlarning barchasi mening hayotimda burilish nuqtasi bo‘ldi. Ayniqsa, Olim fondi g‘olibi bo‘lish — menga katta motivatsiya va yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugungi natijalarim aynan shu ishonch va qo‘llab-quvvatlashning samarasi deb bilaman. 🚀 📌Yasha, o’rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet 21. Apr.
🎙 BUGUN PODCAST! Bugun biz bilan juda katta tajribaga ega mutaxassis — Olim fondi eksperti, tilshunos, amaliy tilshunoslik bo‘yicha fan doktori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor hamda “Xorijiy tillarni o‘rgatish va amaliy tilshunoslik” xalqaro ilmiy-nazariy jurnali bosh muharriri - Azamat Akbarov mehmon bo‘ladilar. ❓Sizni qiziqtirgan savollar bormi? Izohlarda yozib qoldiring — eng qiziqarli savollarga podcast davomida javob beriladi! “Podcastni tez orada You tube kanalimizga joylaymiz” Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet 20. März
🌙Ramazon hayiti muborak! Muqaddas Ramazon ayyomi barchamizga quvonch, mehr-oqibat va baraka olib kelsin. Olim fondi jamoasi sizni ushbu ulug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Ramazon davomida qilgan ezgu amallaringiz, duolaringiz ijobat bo‘lsin. 📚 Ilm yo‘lida qilayotgan har bir qadamingiz, 🤝 jamiyat uchun qo’shayotgan hissangiz, ✨ va orzularingiz sizni yanada yuksak marralarga olib chiqsin. Yurtimiz yoshlari ilmli, salohiyatli va muvaffaqiyatli bo‘lishida siz bilan birga harakat qilish biz uchun sharaf. ⭐️Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet 12. März
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Otamurodova Dilnoza – Olim fondining 2024-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi yutuqlari va muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ Men Otamurodova Dilnoza ➡️2024-yil — Olim fondi granti sohibasi; ➡️2025-yil — Urganch RANCH universiteti “Rektor stipendiyasi” sohibasi; 📚 “Ranch Book Leaders” klubi yetakchisi; 🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini universitet bosqichi g‘olibi; 🌍 IFRS (MXHS asoslari) bo‘yicha 4 ta o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikat sohibasi; 🏆 “Yil talabasi” nominatsiyasi sohibasi; 😊 5 tashabbus loyihasi koordinatori; 🇺🇿 2025–2026 yillar uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi; 🎓 Muddatidan oldin magistratura granti sohibasi. Bundan tashqari: • Bir nechta xalqaro tanlovlar g‘olibi • Maqolalar tanlovi g‘olibi • Kitobxon tanlovi g‘olibi • Start-Up tanlovi g‘olibi • 15+ xalqaro ilmiy maqolalar muallifi • Patent va o‘quv-uslubiy qo‘llanma kitobi muallifi ⚠️To‘g‘ri, bu yutuqlar kimlargadir oddiy tuyulishi mumkin. Lekin ularning ortida ota-onamning duosi, ustozlarimning ishonchi va tinimsiz mehnatim turibdi. 💬Barcha yutuqlarimga sabab bo‘lgan, har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan insonlar — Olim fondi oilasi. Shunday ajoyib insonlar bilan bir jamoada ekanimdan faxrlanaman va ushbu grantga sazovor bo‘lganimdan juda xursandman. Oldinda hali bundanda katta marralar bor, nasib qilsa. 🚀 📌Yasha, o’rgan, rivojlan Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet 19. Feb.
Aziz va hurmatli talabalar! Sizlarni kirib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu muborak oy har biringizga qalb pokligi, mustahkam iymon, ilmga bo‘lgan ishtiyoq va ezgu niyatlar olib kelsin. Ramazon – sabr, shukronalik va ma’naviy yuksalish oyidir. Ilm yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz, intilish va mehnatingiz ushbu fayzli kunlarda yanada barakali bo‘lishini tilayman. Tutilgan ro‘zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz va samimiy duolaringiz qabul bo‘lsin. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, o‘qish va hayot yo‘lingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz kelajagi bo‘lgan siz yoshlarning har bir yutug‘i biz uchun faxr va iftixordir.
Gepostet 18. Feb.
🌙Muqaddas Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Qadrli yurtdoshlar va aziz kuzatuvchilar! ✨ Kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi barchamizga sabr, mehr-oqibat va ezgulik olib kelsin. Ushbu oy qalblarimizni poklab, ilmga, yaxshilikka va saxovatga bo‘lgan intilishimizni yanada mustahkamlashiga tilakdoshmiz. 💡Ramazon – bu nafaqat ro‘za, balki mehr ulashish, qo‘llab-quvvatlash va bir-birimizga suyanch bo‘lish oyidir. Yaxshi niyatlarimiz amalga oshsin, qilgan ezgu amallarimiz ajr-u savobga yozilsin. 🤍Yasha, O‘rgan, Rivojlan — ezgulik yo‘lida birga bo‘laylik. Ramazoningiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet 17. Feb.
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Muhammadamin Mamanov – Olim fondining 2022-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ ⚡️Men Muhammadamin Mamanov – Olim fondining ilk qaldirg'ochlaridan biriman. Olim fondining 2022-yilgi g‘olibi bo‘lishim men uchun nafaqat moliyaviy imkoniyat, balki katta mas’uliyat ham bo‘ldi. Fond bergan ishonch meni doimo izlanishga, o‘z ustimda ishlashga va imkoniyatlarni oqlashga undadi. ☄️ Bugungi kunda men Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm kafedrasida o‘qituvchi, TDShU qoshidagi Turizm rivojlanishini tadqiq etish markazi rahbari va Olim fondi bitiruvchilari orasida birinchi tayanch doktorant sifatida ilmiy faoliyatimni davom ettirmoqdaman. Turizm sohasida ilmiy izlanishlar olib borib, 35 dan ortiq maqola va tezislar, bir nechta monografiyalar chop etdim. 💬 Fond bergan imkoniyatlar mening yutuqlarimga zinapoya bo‘ldi. Aynan shu grantdan so‘ng quyidagi natijalarga erishdim: ➡️ Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya g‘olibi (2022–2023) ➡️ Mutaxassisligi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi talabasi” g‘olibi (2022–2023) ➡️ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori stipendiyasi (2023–2024) ➡️ “Vatanni sevmoq iymondandir” Respublika insholar tanlovi 2-o‘rin g‘olibi (2022) ➡️ Internet tarmog‘ida xorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” videorolik tanlovi g‘olibi (Turizm qo‘mitasi, Milliy PR-markazi) ➡️ MDH davlatlari magistr talabalari o'rtasida turizm startap loyihalari bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibi (2022) ➡️ IT Park kurslari: “Social Media Marketing” va “Targeting” kurslari (2022) ➡️ ABCO, Finance Team va InPlus o‘quv markazlarida buxgalteriya va turizmda moliyaviy hisobi kurslari (2023–2025) ➡️ AQSh elchixonasi va Amerika madaniyat markazi kurslari: “Tourism Journalism” va “Assessing Information” (2023) ➡️ 15 dan ortiq xalqaro va mahalliy konferensiyalarda moderator va speaker sifatida ishtirok etdim. 📣 Fond oilasiga ilk qo‘shilganimda aytganimdek, ikki qo‘limdan nima kelsa, berilgan imkoniyatni oqlashga harakat qilaman. Bu yo‘l menga faqat yutuqlar emas, balki mas’uliyat, sabr va qat’iyatni ham o‘rgatdi. 📌 Aziz do‘stlarimga aytadigan so‘zim shuki: bu yutuq – nihoya emas, balki ibtido. Fond bergan imkoniyat orqali o‘rganishdan, izlanishdan va harakatdan to‘xtamang. Bildirilgan ishonchni oqlash – har birimizning burchimizdir. ✨Yasha, izlan, o‘rgan – va o‘z orzularingni haqiqatga aylantir! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube
Gepostet 14. Jan.
🟦🟦🟦 🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! ⚡️Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va yurt kelajagi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha mard va jasur himoyachilarimizni samimiy muborakbod etamiz. 💬Sizlarning matonatingiz, sadoqatingiz va mas’uliyatingiz tufayli yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surmoqda. Har biringiz xalqimiz faxri, yoshlarimiz uchun ibratli namunasiz. 📌Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt va xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Vatan himoyasi — sharafli burch! Hurmat bilan, Olim fondi jamoasi