TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Olim fondi
Olim fondi avatar

TGINSIGHT POST

Post #102

@olimfondi

Olim fondi

Ansichten270Anzahl der Ansichten
Gepostetvor 17 Tagen18.05.2026, 05:15
Beitragsinhalt

Inhalt

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Tursunmurodov Kamronbek– Olim fondining 2024-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi yutuqlari va muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ Olim fondi stipendiati bo‘lish menga hayotdagi eng muhim qoidalardan birini yana bir bor isbotladi — bu hech qachon taslim bo‘lmaslikdir. ⚡️2023-yilda ushbu stipendiyaga topshirganimda final bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchraganman. Ammo keyingi yil yana urinib ko‘rdim va aynan shu safar Olim fondi stipendiati bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim. 💬O‘ylaymanki, aynan taslim bo‘lmaganim meni shu yutuqqa olib keldi. ✔️Bu stipendiya tanlovida g‘alaba qozonish oson emas. Chunki bu yerga O‘zbekistonning eng iqtidorli va bilimli talabalari topshiradi. Raqobat kuchli, saralash jarayoni esa juda mashaqqatli. ☄️Fond stipendiati bo‘lganimdan so‘ng o‘zim ustimda yanada ko‘proq ishlashga harakat qildim. Bor e’tiborimni ta’limga qaratdim, turli tanlovlarda qatnashdim va bo‘sh vaqtlarimni ilmiy maqolalar yozishga bag‘ishladim. Bu esa quyidagi yutuqlarga erishishimga sabab bo‘ldi: 🏆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi 🏆 Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi 🏆 “Yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rin 🏆 BAAda o‘tkazilgan xalqaro havo huquqi tanlovida “Best Oralist” nominatsiyasi 🏆 Belarusda o‘tkazilgan xalqaro havo huquqi tanlovida 2-o‘rin 🏆 “Bo‘lajak adliya xodimi” tanlovida “Eng notiq huquqshunos” nominatsiyasi Bu yutuqlarning barchasida Olim fondining hissasi katta. Fond yaratib bergan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga harakat qilganim uchun shu natijalarga erishdim, deb hisoblayman. Yoshlar uchun esa uchta muhim maslahat: ➡️ O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslamang. Har bir insonning o‘z yo‘li va o‘ziga xosligi bor. “Do not compete to be the best, compete to be unique.” ➡️ Xato qilishdan qo‘rqmang. Muhimi — o‘sha xatodan saboq chiqarish va yana takrorlamaslik. ➡️ Harakat qilishdan hech qachon to‘xtamang. Muvaffaqiyatsizlik ham vaqtinchalik. Yutqazsangiz ham, yana urinib ko‘ring. 🗣️Men ham shu tamoyillarga amal qilishga harakat qilaman va aynan shu orqali rivojlanayotganimni his qilaman 📌Yasha, o’rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube