Inhalt
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Ilimbayev Sardor - Olim fondining 2022-yilgi g’olibi! 📣Ushbu stipendiantimiz ilk qaldirg’ochlarimizdan bo’lib, o’zining ayrim fikrlarini siz aziz yoshlar uchun bo’lishmoqchi:⬇️ ⚡️Ushbu fond g’olibi bo’lish bilan menga nafaqat hayotimda, balki professional mehnat faoliyatimni bir qator natijalarga erishishimga turtki bo'ldi. Bitiruvchi kurs paytimdayoq Olim fondi tomonidan to'lov-kontraktim to'lab berilishi meni yanada o'zimni ustimda ishlashga, ingliz tilini makammal o'rganishga, dunyoning eng nufuzli Top-100 taligiga kiruvchi universitetlariga hujjat tayyorlashimda, nufuzli yuridik firmalarda va davlat organlarida stajirovka qilishimda katta hissa qo'shdi. 📌Quyidagi yutuqlarim bunga yorqin misol bo'la oladi: ➡️Toshkent davlat yuridik universitetida “Yilning eng bilimdon talabasi - 2022” sovrindori; ➡️Toshkent davlat yuridik universitetida eng muvaffaqiyatli va GPAsi (o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi) eng yuqori TOP-50 talabalar ro’yxatidan joy olish; ➡️TDYU imtiyozli diplom bilan tamomlash; ➡️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida ikkinchi darajali kotib, Davlat xizmatlari departamentida birinchi darajali kotib vazifasida mehnat faoliyati yuritish; ➡️AQSh Pennsilvaniya davlat universitetining huquq fakulteti magistraturasiga 80% grant yutib olish; ➡️O’zbekistonda birinchi “Yuridik terminlar tezauruslarini yaratish” innovatsion loyihasining eng yosh muallifi. 💬Bularning barchasiga erishishda qat’iyatlik, sabr, iroda, tinimsiz mehnat, tartib-intizom va to’xtovsiz harakat qilish menga hamroh bo’ldi. ✔️Hozirda Pensilvaniya davlat universiteti huquq fakulteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlab, Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida advokatlik firmasida faoliyat yuritmoqdaman. 🗣️Shuni yakun sifatida aytmoqchimanki, hayotda ko’proq zafar qozonish emas, balki alamliroq mag’lubiyatga uchrash kerak. Shunday vaziyatda ham yana harakat qilib, maqsad yo’lida davom etmoqlik inson shaxsiyatini rivojlanishiga asos bo’ladi. Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube