TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Olim fondi
Olim fondi avatar

TGINSIGHT POST

Post #90

@olimfondi

Olim fondi

Ansichten672Anzahl der Ansichten
Gepostet11. Jan.11.01.2026, 13:10
Beitragsinhalt

Inhalt

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Yo‘ldoshev Ozodbek - Olim fondining 2022-yil g’olibi. 📣Ushbu stipendiantimiz juda ko‘plab yutuqlarga erishgan va ayni vaqtda fond kuratorlari safida faoliyat olib boradi. Bugun u o‘zining ayrim fikr va tajribalarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi:⬇️ ⚡️Inson muvaffaqiyatlarga erishish uchun harakat qilar ekan unga katta ishonch kerak bo’ladi. Bu ishonch orqali u ma’suliyat yukini his qilib yanada katta marralarga erishadi. Olim fondi granti menga mana shunday ishonchni taqdim etdi. Maqsad tomon erishishda eng katta to’siqlardan biri bu moliyaviy xarajatlardir. Ushbu fond menga bunday to’siqni bartaraf etishga yordam berdi. Fond tomonidan berilgan bu imkoniyat menga iqtidorli, o’z sohalari mutaxasislari, shijoatga boy talabalar bilan tanishishimga, ular bilan bir kemada raqobat hisini his qilib, o’z ustimda yana ham ko’proq ishlashimga yordam berdi. Olim fondi tomonidan berilgan har bir imkoniyatlardan maksimal foydalanishga erishdim. 🗣️Ushbu grandda g’olib bo’lishim keyingi muvaffaqiyatlarimga sababchi bo’ldi deb ayta olaman. Fond g’olibi bo’lganimdan keyin quyidagi yutuqlarga erishdim: ➡️Markaziy Bank maxsus stipendiyasi ➡️Navoiy nomidagi davlat nomdor stipendiyasi ➡️Muqimiy nomidagi maxsus stipendiya va ko’krak nishoni ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan Speaking club asoschisi va prezidenti ➡️Universitet akademik ko’rsatkich (GPA) 5 ➡️Makroiqtisodiyot bo’yicha xalqaro olimpiada g’olibi ➡️Yil talabasi 2 karra g’olibi ➡️Maqolalar tanlovi 3 karra g’olibi ➡️Islohotlar bilimdoni g’olibi ➡️Yosh kitobxon talabalar ligasi g’olibi ➡️40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi ➡️Debat bo’yicha 3 karra chempion ➡️Olim fondi rahbariyati jamoasining kuratorlik lavozimi egasi ➡️Olim fondining 2025-yildagi eng faol talaba nominatsiya g’olibi ➡️Xalqaro miqyosdagi konferensiya va forumlar ishtirokchisi va tashkilotchisi va boshqa ko’plab tanlovlar g’olibi bo’ldim. 💬Hozirda O’zbeksiton Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro hamkorlik departmentida 3 oydan ortiq amaliyot olib bormoqdaman. Mamlakatimizning makroiqtisodiy siyosatini amalga oshiradigan ushbu katta institutda, men hozirda xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy markaziy banklar bilan hamkorlikni yuritish, bitimlarni muvofiqlashtirish hamda xalqaro tajribani milliy moliya siyosatiga joriy etish bo’yicha ko’plab tajribalarga ega bo’ldim. 💡Ushbu grand faqatgina moliyaviy yordam beradigan fond emas, balki har bir talabani har tomonlama yuksaltiradigan asosdir. Men ushbu grantni yutganimdan va mana shunday jamoa va insonlar bilan tanishganimdan faxrlanaman! 📌Yasha, o‘rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube