Inhalt
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Muhammadamin Mamanov – Olim fondining 2022-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ ⚡️Men Muhammadamin Mamanov – Olim fondining ilk qaldirg'ochlaridan biriman. Olim fondining 2022-yilgi g‘olibi bo‘lishim men uchun nafaqat moliyaviy imkoniyat, balki katta mas’uliyat ham bo‘ldi. Fond bergan ishonch meni doimo izlanishga, o‘z ustimda ishlashga va imkoniyatlarni oqlashga undadi. ☄️ Bugungi kunda men Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm kafedrasida o‘qituvchi, TDShU qoshidagi Turizm rivojlanishini tadqiq etish markazi rahbari va Olim fondi bitiruvchilari orasida birinchi tayanch doktorant sifatida ilmiy faoliyatimni davom ettirmoqdaman. Turizm sohasida ilmiy izlanishlar olib borib, 35 dan ortiq maqola va tezislar, bir nechta monografiyalar chop etdim. 💬 Fond bergan imkoniyatlar mening yutuqlarimga zinapoya bo‘ldi. Aynan shu grantdan so‘ng quyidagi natijalarga erishdim: ➡️ Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya g‘olibi (2022–2023) ➡️ Mutaxassisligi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi talabasi” g‘olibi (2022–2023) ➡️ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori stipendiyasi (2023–2024) ➡️ “Vatanni sevmoq iymondandir” Respublika insholar tanlovi 2-o‘rin g‘olibi (2022) ➡️ Internet tarmog‘ida xorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” videorolik tanlovi g‘olibi (Turizm qo‘mitasi, Milliy PR-markazi) ➡️ MDH davlatlari magistr talabalari o'rtasida turizm startap loyihalari bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibi (2022) ➡️ IT Park kurslari: “Social Media Marketing” va “Targeting” kurslari (2022) ➡️ ABCO, Finance Team va InPlus o‘quv markazlarida buxgalteriya va turizmda moliyaviy hisobi kurslari (2023–2025) ➡️ AQSh elchixonasi va Amerika madaniyat markazi kurslari: “Tourism Journalism” va “Assessing Information” (2023) ➡️ 15 dan ortiq xalqaro va mahalliy konferensiyalarda moderator va speaker sifatida ishtirok etdim. 📣 Fond oilasiga ilk qo‘shilganimda aytganimdek, ikki qo‘limdan nima kelsa, berilgan imkoniyatni oqlashga harakat qilaman. Bu yo‘l menga faqat yutuqlar emas, balki mas’uliyat, sabr va qat’iyatni ham o‘rgatdi. 📌 Aziz do‘stlarimga aytadigan so‘zim shuki: bu yutuq – nihoya emas, balki ibtido. Fond bergan imkoniyat orqali o‘rganishdan, izlanishdan va harakatdan to‘xtamang. Bildirilgan ishonchni oqlash – har birimizning burchimizdir. ✨Yasha, izlan, o‘rgan – va o‘z orzularingni haqiqatga aylantir! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram 📷Instagram || 📺You tube