TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Olim fondi
Olim fondi avatar

TGINSIGHT POST

Post #95

@olimfondi

Olim fondi

Ansichten643Anzahl der Ansichten
Gepostet19. Feb.19.02.2026, 01:42
Beitragsinhalt

Inhalt

Aziz va hurmatli talabalar! Sizlarni kirib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu muborak oy har biringizga qalb pokligi, mustahkam iymon, ilmga bo‘lgan ishtiyoq va ezgu niyatlar olib kelsin. Ramazon – sabr, shukronalik va ma’naviy yuksalish oyidir. Ilm yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz, intilish va mehnatingiz ushbu fayzli kunlarda yanada barakali bo‘lishini tilayman. Tutilgan ro‘zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz va samimiy duolaringiz qabul bo‘lsin. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, o‘qish va hayot yo‘lingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz kelajagi bo‘lgan siz yoshlarning har bir yutug‘i biz uchun faxr va iftixordir.