Inhalt
Prezidentga bergan va'damni bajardim! ✔️Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi chog'ida yoshlar bilan uchrashuvida so'zga chiqib, “Olima bo‘laman!” deya qat’iy va’da bergan Kamola Odiljonova oradan bir yil o‘tib ushbu maqsadiga erishdi. U doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilm yo‘lida yana bir muhim bosqichni zabt etdi. ⚫️Bugungi kunda u Andijon davlat pedagogika institutida yosh avlodga bilim berayotgan fidoyi o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Kamola Odiljonova erishgan yutuqlarida oilasi, xususan turmush o‘rtog‘ining doimiy qo‘llab-quvvatlovi muhim o‘rin tutganini alohida ta’kidlaydi. ⚫️ Uning hayot yo‘li – qat’iyat, ishonch va yaqinlarning yordami orqali katta marralarga erishish mumkinligini yaqqol namoyon etadi, shu bilan birga bu kabi yutuqlar qizlarning ilm-fanga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi hamda yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlarning amaliy ifodasi ekanini ko‘rsatadi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube