TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon Tumani Yoshlari

@shahrixonyoshlari

Nachrichten und Medien

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Shahrixon tumani boʻlimining rasmiy telegram sahifasi

Abonnenten863Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,014Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite1,479Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 1 von 85 · 1,014 Beiträge

Gepostet vor 10 Tagen

✔️“Yoshlar tashabbuslari marafoni”ga start berildi! ⚫️Iyun oyi davomida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan Yoshlar oyligi doirasida yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar maydoni yaratilmoqda. Endilikda siz IT, sun’iy intellekt, startap, tadbirkorlik, xotin-qizlar faolligi, kitobxonlik, volontyorlik va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi 20 dan ortiq loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin! ⚫️30 kun davom etadigan ushbu marafon — bu shunchaki loyiha emas, balki o‘z ustingizda ishlash, yangi bilim va tajribalar orttirish, kuchli jamoaga qo‘shilish hamda kelajagingiz sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir. ⚫️Marafonda qatnashish uchun maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://yoshlar.gov.uz/marathon ⚫️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bugungi harakat — ertangi muvaffaqiyat poydevori! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

50 views

Gepostet vor 10 Tagen

🇺🇿Davlatimiz rahbari mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlariga tabrik yo‘lladi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

59 views

Gepostet vor 11 Tagen

✔️Ajdodlarga hurmat millatning ma’naviy kuchidir ⚫️Bugun yurtimizning turli hududlarida yoshlar tomonidan qabristonlarni obod qilish, qabrlarni tartibga keltirish va atrof-muhitni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ezgu tashabbus nafaqat obodonlashtirish, balki ajdodlar xotirasiga bo‘lgan ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va yoshlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ⚫️Inson o‘z tarixini, ildizini va ajdodlarini unutmasa, kelajagi ham mustahkam bo‘ladi. Yoshlarning bunday xayrli ishlardagi faolligi esa jamiyatimizda hurmat, tarbiya va insoniylik qadri yanada yuksalayotganining yorqin namunasidir. 🏷Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmati Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

85 views

Gepostet vor 12 Tagen

🌧Andijonda bahor yomgʻiri Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

95 views

Gepostet vor 12 Tagen

✔️ Sport, birdamlik va inson qadri ulug‘langan tadbir ⚫️ Andijon tumanidagi “Ziyolilar” bog‘ida “Talaba, yugur” hamda “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, 7 mingdan ortiq ishtirokchini bir maydonda jamladi. Talabalar, professional sportchilar, volontyorlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir sport, sog‘lom turmush tarzi va insonparvarlik g‘oyalarining yorqin namunasiga aylandi. ⚫️ Ayniqsa, “Inson uchun” inklyuziv yugurish musobaqasi tadbirning eng ta’sirli va mazmunli qismi bo‘ldi. Bir kilometr masofada tashkil etilgan yugurishda nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar professional sportchilar bilan bir safda startga chiqib, matonat, iroda va hayotga muhabbatning chinakam namunalarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha orqali sport insonlarni ajratmaydigan, aksincha birlashtiradigan kuch ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. ⚫️ “Talaba, yugur” esa bugun minglab yoshlar uchun nafaqat sport musobaqasi, balki sog‘lom hayot sari dadil qadam, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va katta sport harakatining bir qismiga aylanish imkoniyatiga aylandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

101 views

Gepostet vor 12 Tagen

✔️6 milliard so‘mlik grant — katta ishonch va ulkan imkoniyat! ⚫️Andijonning yana bir shijoatli yoshi Muxtarxodjayev Azizillo 6 milliard so‘mlik grant mablag‘i asosida Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilgan Yoshlar saroyi va zamonaviy bosmaxonani yuritib kelmoqda. Ushbu loyiha yoshlarning innovatsion fikrlashi, tashabbuskorligi hamda yurtimizda ilm va ta’limga berilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasiga aylandi. ⚫️Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur bosmaxona ta’lim jarayonida sifatli mahsulotlar tayyorlash, yoshlarning amaliy tajribasini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu loyiha katta maqsad sari intilgan yoshlar uchun motivatsiya va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

92 views

Gepostet vor 13 Tagen

Aziz yurtdoshlar va qadrli yoshlar! 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining tantanali yopilish marosimi munosabati bilan katta bayram konsert dasturi tashkil etilmoqda. 📅 22-may 🕕 Soat: 18:00 📍 Universal sport saroyi ✨ Konsert kechasida sizni kuy-qo‘shiqlar, bayramona shukuh va unutilmas lahzalar kutmoqda. 🎤 Maxsus mehmon — estrada xonandasi Elyorbek Meliboyev Mashxurbek Yuldashev Elyorbek Tuychiyev Sevinch Aliyeva Hurmatli fuqarolar, barchangizni oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan ushbu bayram shodiyonasiga chorlab qolamiz! 📢 Bizni kuzatishda davom eting! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

106 views

Gepostet vor 15 Tagen

MUHIM ESLATMA!!! Qadrli yoshlar, Andijon viloyati prokurori sovrini uchun o'tkazilayotgan kitobxonlik marrasi offlayn tarzda tashkil etiladi. Berilgan asarni "Mutolaa" ilovasi orqali yoki oddiy kitob shaklida ham o'qishingiz mumkin. Tanlovning test bosqichi qayerda va qachon bo'lishi haqida kanalimiz orqali qo'shimcha e'lon beramiz. Barcha ishtirokchilarga omad tilamiz! Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling 👇👇👇👇👇 https://t.me/andyouthpress

181 views

Gepostet vor 15 Tagen

✔️Kitobxonlarga viloyat prokurori sovrini topshiriladi ⚫️Andijonlik yoshlar uchun Andijon viloyati prokurori sovrini uchun tashkil etilayotgan “Andijon yoshlari marrasi” tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov doirasida ishtirokchilar 15 kun davomida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini mutolaa qilib tugatishlari lozim bo‘ladi. ⚫️Tanlovga 20-may kunidan start beriladi hamda 3-iyun kuni offlayn test sinovlari orqali g‘oliblar aniqlanadi. ⚫️G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🟢1-o‘rin — noutbuk 🟢2-3-o‘rinlar — planshet. ⚫️Mutolaaga oshno bo‘ling, marrani birgalikda zabt eting! Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

186 views

Gepostet vor 16 Tagen

✔️Daromadli kasbni bepul o‘rganing! ⚫️Yoshlar uchun “SMM AI Savodxon” dasturi ishga tushdi! Bu dastur orqali siz SMM va sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish ko‘nikmalarini mutlaqo bepul o‘rganasiz. ⚫️Atigi 6 haftada, siz 0 dan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish va AI yordamida samarali ishlashni o‘zlashtirasiz. ⚫️Joylar soni cheklangan shoshiling! ⚫️ Ro‘yxatdan o‘ting:havola ⚫️Qo‘shimcha ma'lumot uchun +998 (55) 520-60-60 Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

181 views

Gepostet vor 17 Tagen

✔️Qizlar nega o‘qishi kerak?! ⚫️Bilimli qiz — bu faqat o‘zining emas, balki jamiyatning ham kelajagini o‘zgartira oladigan kuchdir. Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi To‘rayeva Shirina bugun o‘zining yutuqlari, intilishi va bilimga bo‘lgan chanqoqligi bilan ko‘plab tengdoshlariga motivatsiya bo‘lib kelmoqda. U erishayotgan natijalar qizlarning ta’lim olishi, katta maqsadlar sari intilishi naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotlaydi. ⚫️ Har bir muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, izlanish va o‘z ustida ishlash yotadi. Shirinaning yutuqlari esa bugungi yosh qizlar uchun: “Sen ham uddalay olasan!” degan kuchli signal. Zero, bilimli va zamonaviy fikrlaydigan qizlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchidir. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

159 views

Gepostet vor 19 Tagen

✔️Andijonning shijoatli yoshlari bir maydonda jam bo'ldi ⚫️Mardlik, jasorat va haqiqiy vatanparvarlik ruhi mujassam bo‘lgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining Andijon viloyati bosqichi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. ⚫️ Musobaqalarning quyi bosqichlarida jami 18 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Eng kuchli va irodali yoshlar orasidan saralangan 16 ta jamoa - 160 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida g‘alaba uchun kurash olib bordi. Yoshlar musobaqalar davomida jismoniy tayyorgarlik, epchillik, jamoaviy hamjihatlik va chinakam matonatini namoyon etdilar. ⚫️Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🟢 1-o‘rin — Marhamat tumani "Alitepa" mahallasining “Temurbeklar” jamoasi; 🟢 2-o‘rin — Ulug‘nor tumani "Terakzor" mahallasining “Shunqorlar” jamoasi; 🟢 3-o‘rin — Bo‘ston tumani "Madaniyat" mahallasining “Temurbeklar” jamoasi qo‘lga kiritdi. ⚫️ G‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, yoshlarning Vatanga sadoqat, shijoat va g‘ayratga boy chiqishlari tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube

184 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
ZurückS. 1 von 85Weiter