TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
⚡️Tarixiy g‘alaba va yuksak e’tirof: Javohir Sindarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi! Nufuzli “FIDE Candidates – 2026” turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qahramonimiz — Javohir Sindarov yurtimizga qaytib keldi. Yosh grossmeysterimiz O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi Aripov Abdulla Nigmatovich boshchiligida, oila a’zolari, ustozlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan katta tantana bilan kutib olindi. Eng quvonarlisi, shaxmat olamida tarixiy natija qayd etib, jahon toji uchun kurashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchimiz Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. @alisher_sadullaev