TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Shahrixon Tumani Yoshlari
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT POST

Post #3912

@shahrixonyoshlari

Shahrixon Tumani Yoshlari

Ansichten156Anzahl der Ansichten
Gepostet20. Apr.20.04.2026, 07:37
Beitragsinhalt

Inhalt

📚Andijonda “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi! Andijon viloyatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda mutolaa orqali ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tanlovning joriy mavsumida viloyat bo‘ylab jami 60 ming nafardan ziyod yosh ishtirok etdi. Mahalla, sektor va tuman (shahar) bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 48 nafar eng bilimdon kitobxon esa viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda “Tezkor savol-javob” shartlari asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar natijasida eng yuqori ball to‘plab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan g‘oliblar bilan tanishing: 📚10–14 yosh toifasida: Isroiljonova Mavluda (Qo‘rg‘ontepa tumani); 📚15–19 yosh toifasida: Isroiljonov Ilxomjon (Qo‘rg‘ontepa tumani); 📚20–30 yosh toifasida: Soliyeva Gulnigor (Xo‘jaobod tumani). Respublika bosqichida yurtimizning eng kuchli kitobxonlari bilan bellashadigan andijonlik yoshlarimizga ulkan zafarlar tilaymiz! 🕊TelegramđŸ“±InstagramđŸ“șYouTubeđŸ”čLinkedin🌍Veb sayt