Inhalt
✔️Andijonlik yosh xalqaro grant sohibiga aylandi ⚫️Oltinko‘l tumani 2-son texnikumi 1-bosqich o‘quvchisi Akbarshox Mo‘minjonov AQSHning nufuzli ta’lim dasturlaridan biri — “Kelajak liderlari almashinuvi” (FLEX) dasturining 2026–2027-o‘quv yili uchun grant sohibi bo‘ldi. Mazkur dastur dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli, yetakchilik salohiyatiga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi. ⚫️Uning muvaffaqiyati bilimga chanqoqlik, tirishqoqlik va doimiy izlanishning yorqin natijasi bo‘lib, barcha yoshlarimiz uchun munosib ibratdir. Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi Akbarshox Mo‘minjonovni ushbu yutuq bilan samimiy qutlaydi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube