TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Shahrixon Tumani Yoshlari
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT POST

Post #3980

@shahrixonyoshlari

Shahrixon Tumani Yoshlari

Ansichten207Anzahl der Ansichten
Gepostet30. Apr.30.04.2026, 11:11
Beitragsinhalt

Inhalt

📢Kitobxon bolalarni safimizga chorlaymiz! 📖 Aziz bolajonlar, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi? Unda Andijon viloyati Bolalar harakati sardorlari tomonidan tashkil etilayotgan “Hafta kitobxoni” loyihasi aynan siz uchun! ❓Qanday qatnashish mumkin deysizmi? 📖 Loyiha davomida har dushanba rasmiy Telegram sahifamiz orqali bitta kitob e'lon qilinadi. Ushbu kitobni hafta davomida “Mutolaa” ilovasi orqali o‘qiysiz. Hafta yakunida esa kanalda bo‘lib o‘tadigan quizda ishtirok etib, o‘qigan kitobingiz bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazasiz. 🎁 Eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 1 yillik “Mutolaa” premium obunasi bilan taqdirlanadi! 📘 Shartlar juda oddiy: bitta kitob - 1 yillik premium obuna. O'zingiz ham qatnashing, do'stingizni ham taklif qiling. ❗️Aytgancha, loyihada Telegram sahifamizga obuna bo'lgan barcha 7-18 yoshdagi kitobxon bolalar ishtirok etishi mumkin. Bizning sahifalarimiz: 🔥Telegram📱Instagram