TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Shahrixon Tumani Yoshlari
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT POST

Post #3989

@shahrixonyoshlari

Shahrixon Tumani Yoshlari

Ansichten267Anzahl der Ansichten
Gepostet2. Mai02.05.2026, 08:49
Beitragsinhalt

Inhalt

✔️Biznes sari dadil qadam: Andijonda “Biznes marafon” ⚫️Andijonda yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish, ularni biznesga qiziqtirish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Biznes marafon” tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘z biznes g‘oyasini shakllantirish, bozor talabini o‘rganish, moliyaviy rejalashtirish, marketing va savdo strategiyalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. ⚫️Marafonda tajribali tadbirkorlar, soha mutaxassislari va yosh biznes vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida bilim, qat’iyat va tashabbus muhim omil ekanini ta’kidladilar. Ushbu loyiha Andijon yoshlarining tadbirkorlik salohiyatini oshirish, yangi biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hududda bandlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube