TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Shahrixon Tumani Yoshlari
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT POST

Post #4001

@shahrixonyoshlari

Shahrixon Tumani Yoshlari

Ansichten255Anzahl der Ansichten
Gepostet8. Mai08.05.2026, 19:19
Beitragsinhalt

Inhalt

✔️Xotira — muqaddas, qadrlash — ezgu burch ⚫️9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Bolalar tashkiloti Andijon viloyat bo‘linmasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan kuch tuzilmalari hamkorligida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida Andijon shahrida yoshlar paradi o‘tkazilib, unda oliy ta’lim muassasalari talabalari, harbiy-vatanparvar yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. ⚫️Shuningdek, Navruz Mall savdo markazida madaniy dastur namoyish etilib, unda Vatan ravnaqi, tinchlik va ajdodlar xotirasini ulug‘lashga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari hamda badiiy kompozitsiyalar ijro etildi. Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt tinchligini qadrlash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube