TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Shahrixon Tumani Yoshlari
Shahrixon Tumani Yoshlari avatar

TGINSIGHT POST

Post #4004

@shahrixonyoshlari

Shahrixon Tumani Yoshlari

Ansichten172Anzahl der Ansichten
Gepostet13. Mai13.05.2026, 11:07
Beitragsinhalt

Inhalt

✔️Andijonda yoshlar ovozi yangradi ⚫️Andijonda “ Yoshlar ovozi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda mahalla bosqichlarida 40 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular orasidan saralangan 113 nafar iste’dod egasi viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. ⚫️Ishtirokchilar an’anaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etib, tomoshabinlar va hakamlar hay’atining olqishiga sazovor bo‘ldi. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. ⚫️G'oliblar bilan tanishing! 🟢An’anaviy ijro yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Umarov Ilyosbek (Andijon shahar); 16-22 yosh toifasida Abdumuxtorova Odina (Jalaquduq tumani); 23-30 yosh toifasida Sultonov Sirojiddin (Jalaquduq tumani). 🟢Estrada yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Shokirjonova Rayyona (Andijon shahar); 16-22 yosh toifasida Xolmatov Ahliddin (Marhamat tumani); 23-30 yosh toifasida Jamshidov Kamron (Buloqboshi tumani). 🟢Opera yo‘nalishi: 10-15 yosh toifasida Arziboyev Abdulaziz (jalaquduq tumani); 16-22 yosh toifasida Ismoiljonov Sarvar (Andijon shahar); 23-30 yosh toifasida Muxtarova Yulduz (Asaka tumani). 🟢Baxshichilik yo‘nalishi: 16-22 yosh toifasida Jiyanbayeva Salime (Xo‘jaobod tumani); 23-30 yosh toifasida Gulboyev Samandar (Andijon tumani). Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube