Inhalt
🔺Andijon viloyatida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi ♟ Bilim va zakovat timsoli bo‘lgan shaxmat sport turi bo‘yicha nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z nihoyasiga yetdi. ✅ Mazkur nufuzli musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli shaxmatchilar o‘zaro dona surib, aql-zakovati, sabr-toqati hamda mustahkam irodasini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘lib, ishtirokchilarning intellektual salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi. 🏆 Chempionat yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Marhamat tumani jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy diplom, medal, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur musobaqa yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bizning sahifalarimiz: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagam | 🎞Youtube| 🌐Web-sayt