TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
ISTE’DODLI MUALLIFLAR UCHUN TANLOV! Siz iste’dodli shoir, yozuvchi, dramaturg yoki ssenaristmisiz? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi iste’dodli mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib moliyaviy sharoit yaratish maqsadida maxsus tanlov e’lon qiladi. Saralangan ishtirokchilarga 1 yilgacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda haq to‘lanadi. Arizalar 15-apreldan 15-mayga qadar quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi. 👉 Ariza berish Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. @kitobxonlikkengashi Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube