Inhalt
✔️Andijonning shijoatli yoshlari bir maydonda jam bo'ldi ⚫️Mardlik, jasorat va haqiqiy vatanparvarlik ruhi mujassam bo‘lgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining Andijon viloyati bosqichi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. ⚫️ Musobaqalarning quyi bosqichlarida jami 18 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Eng kuchli va irodali yoshlar orasidan saralangan 16 ta jamoa - 160 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida g‘alaba uchun kurash olib bordi. Yoshlar musobaqalar davomida jismoniy tayyorgarlik, epchillik, jamoaviy hamjihatlik va chinakam matonatini namoyon etdilar. ⚫️Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🟢 1-o‘rin — Marhamat tumani "Alitepa" mahallasining “Temurbeklar” jamoasi; 🟢 2-o‘rin — Ulug‘nor tumani "Terakzor" mahallasining “Shunqorlar” jamoasi; 🟢 3-o‘rin — Bo‘ston tumani "Madaniyat" mahallasining “Temurbeklar” jamoasi qo‘lga kiritdi. ⚫️ G‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, yoshlarning Vatanga sadoqat, shijoat va g‘ayratga boy chiqishlari tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube