Inhalt
✔️ Sport, birdamlik va inson qadri ulug‘langan tadbir ⚫️ Andijon tumanidagi “Ziyolilar” bog‘ida “Talaba, yugur” hamda “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, 7 mingdan ortiq ishtirokchini bir maydonda jamladi. Talabalar, professional sportchilar, volontyorlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir sport, sog‘lom turmush tarzi va insonparvarlik g‘oyalarining yorqin namunasiga aylandi. ⚫️ Ayniqsa, “Inson uchun” inklyuziv yugurish musobaqasi tadbirning eng ta’sirli va mazmunli qismi bo‘ldi. Bir kilometr masofada tashkil etilgan yugurishda nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar professional sportchilar bilan bir safda startga chiqib, matonat, iroda va hayotga muhabbatning chinakam namunalarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha orqali sport insonlarni ajratmaydigan, aksincha birlashtiradigan kuch ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. ⚫️ “Talaba, yugur” esa bugun minglab yoshlar uchun nafaqat sport musobaqasi, balki sog‘lom hayot sari dadil qadam, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish va katta sport harakatining bir qismiga aylanish imkoniyatiga aylandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube