Inhalt
✔️Ajdodlarga hurmat millatning ma’naviy kuchidir ⚫️Bugun yurtimizning turli hududlarida yoshlar tomonidan qabristonlarni obod qilish, qabrlarni tartibga keltirish va atrof-muhitni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ezgu tashabbus nafaqat obodonlashtirish, balki ajdodlar xotirasiga bo‘lgan ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va yoshlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ⚫️Inson o‘z tarixini, ildizini va ajdodlarini unutmasa, kelajagi ham mustahkam bo‘ladi. Yoshlarning bunday xayrli ishlardagi faolligi esa jamiyatimizda hurmat, tarbiya va insoniylik qadri yanada yuksalayotganining yorqin namunasidir. 🏷Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmati Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram📱Facebook 📱Telegram📱Youtube