Post content
#Hamkorlik Samarqand viloyati hokimligi mas'ullari hamda Jahon banki MUNIS loyihasi vakillario'rtasida o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi Viloyati hokimining o‘rinbosari X.Tuxtayev, viloyat hokimining yordamchisi N.Ibragimov hamda mas'ul tashkilotlar vakillari Jahon bankining "Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" (MUNIS) loyihasi vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirishning Samarqand tajribasi, viloyatning innovatsion ekotizimi, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, Samarqand viloyatini "Innovatsion Hub"ga aylantirish, yirik ishlab chiqarish korxonalarida R&D markazlarini tashkil etish hamda kelgusida viloyatning innovatsion infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shunungdek, Jahon banki vakillari kunning ikkinchi yarmida viloyatda mavjud innovatsion infratuzilmalar holatini o'rganish maqsadida "Samarqand Yoshlar texnoparki"ga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusi faoliyatini jonlantirish yuzasidan rejalar bilan tanishishdi.