TGINSIGHT CHAT
“MUNIS” World Bank Project
@Munis_Project
EducationMUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB. Website: https://wbgrants.uz
Recent posts
Page 1 of 18 · 211 posts
Posted Mar 18
#MUNIS 🚜Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti zamonaviy agro-kombayn bilan ta’minlandi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasidagi PRIM granti hisobiga yangi LOVOL RG 130 agro-kombaynini xarid qildi. Ushbu texnika institutning moddiy-texnik bazasini yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va sinovlari bilan bog‘liq dala ishlarini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. LOVOL RG 130 kombayni yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, hosilni turli dala sharoitlarida sifatli yig‘ib olish imkonini beradi. Bu institutga tajriba maydonlaridagi ekinlarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish va ilmiy tadqiqotlarning aniqligini ta’minlashga yordam beradi. PRIM grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday modernizatsiya ishlari ilmiy tashkilotlar infratuzilmasini yangilash bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Hashtags
Posted Feb 16
#MUNIS O‘pka kasalliklarini soniyalar ichida aniqlaydigan aqlli tizim Bugungi kunda radiologlar yetishmovchiligi va ish yuklamasining yuqoriligi o‘pka kasalliklarini erta aniqlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. X-Ray AI Expert loyihasi ushbu muammoni hal qilish uchun sun’iy intellekt asosida ko‘krak qafasi rentgen tasvirlarini avtomatik tahlil qilish tizimini taklif etadi. Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ushbu texnologiya chuqur neyron tarmoqlari yordamida 90% dan yuqori diagnostik aniqlikka erishdi. Loyiha doirasida shakllantirilgan klinik ma’lumotlar bazasi va amaliyotga joriy etilgan raqamli platformalar (web-portal, mobil ilova va Telegram bot) shifokorlar uchun ishonchli “ikkinchi fikr” vazifasini bajaradi. Tizim skrining jarayonlarini tezlashtirish va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish orqali o‘pka patologiyalarini erta bosqichda aniqlash hamda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Hashtags
Posted Feb 4
MUNIS loyihasi: erishilgan natijalar va ikkinchi bosqich istiqbollari muhokama qilindi Joriy yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki vakillari bilan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish natijalari hamda uning ikkinchi bosqichini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Jahon banki ekspertlari Yerali Beksultan, Anna Ubaydullayeva va Gauhar Ospanova, hamda “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari Dilshod Azgarov ishtirok etdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/127719 👉На русском 👉In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Posted Nov 28
#xalqaro_hamkorlik #innovatsion_hududlar #Yoshlar_texnoparklari #MUNIS Innovatsion ekotizim bo‘yicha Vengriya tajribasi o‘rganilmoqda Ayni kunlarda Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari, Respublikamizning innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman hokimlarining innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududlardagi innovatsion rivojlanish shu’balari mudirlari hamda yoshlar texnoparklari rahbarlari Vengriya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xizmat safari innovatsion ekotizimga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Nov 27
#MUNIS Sholi chiqindisidan innovatsion biologik ozuqa ishlab chiqarilmoqda O‘zbekistonda sholi qobig‘idan foydalanilgan holda fermentatsiya texnologiyasiga asoslangan tejamkor CBFeed biologik ozuqaviy qo‘shimchasi ishlab chiqarilmoqda. Ushbu texnologiya jahon miqyosida tan olingan bo‘lib, hozirda 30 ta davlatda patentlangan. Loyiha Jahon Bankining “MUNIS” dasturi doirasida 580 ming AQSH dollari, shuningdek, xususiy sektor tomonidan qo‘shimcha 150 ming AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan. Korxonada hozirgi kunda ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 8–10 tonnani tashkil etmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Nov 4
💠“Agrosenozlardagi hasharotlar tur tarkibi, ularning ahamiyati va zararli turlar sonini boshqarishning zamonaviy usullari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi 🌐Joriy yil 4-noyabr kuniPRIM grant dasturi doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda “Agrosenozlardagi hasharotlar tur tarkibi, ularning ahamiyati va zararli turlar sonini boshqarishning zamonaviy usullari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 🔹Seminarning asosiy maqsadi — agrosenozlarda hasharotlar faunasi, ularning ekologik o‘rni va zararkunandalarning sonini biologik asosda boshqarish yo‘nalishida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 🔹Ma’ruzalar bilan Zuxra Axmedova, Qalandar Bobobekov, Zumrad G‘aniyeva, Dilshod Musaev va boshqa mutaxassislar chiqish qildilar. Ular o‘z laboratoriyalarida erishilgan ilmiy natijalar, tajribalar va zamonaviy tadqiqot usullari bilan o‘rtoqlashdilar. _____________________________ 💠Состоялся научно-практический семинар на тему "Видовой состав насекомых в агроценозах, их значение и современные методы управления численностью вредных видов" 🌐4 ноября текущего года в рамках грантовой программы PRIM состоялся научно-практический семинар на тему "Видовой состав насекомых в агроценозах, их значение и современные методы управления численностью вредных видов", организованный Научно-исследовательским институтом карантина и защиты растений в сотрудничестве с Институтом зоологии Академии наук Узбекистана. 🔹Цель мероприятия – укрепление научного сотрудничества в области биологического управления фауной насекомых в агроценозах, их экологической роли и численности вредителей. 🔹С докладами выступили ведущие ученые-исследователи Зухра Ахмедова, Каландар Бобобеков, Зумрад Ганиева, Дилшод Мусаев и другие специалисты. В ходе мероприятия участники поделились научными результатами и современными методами исследования.
Posted Oct 27
#MUNIS Growz fermerlarning sun’iy intellekt asosida ishlovchi yordamchisi! “MUNIS” loyihasi doirasida moliyalashtirilgan mazkur mobil ilova yordamida dala maydonlari holatini tahlil qilish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish yuzasidan tavsiyalar olish, hosildorlikni oshirish, shuningdek, agro-kimyo mahsulotlarini birinchi qo‘ldan xarid qilish mumkin. Startap o‘zining har bir foydalanuvchisi uchun agronomik taqvim, onlayn agronom, real vaqt rejimida ishlovchi maslahatchi vazifasini o‘tashi mumkin. Platformani Google Play va Apple Store orqali yuklab olish imkoniyati mavjud. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Oct 21
💠PRIM grant dasturi doirasida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Inson resurslarini boshqarish, marketing tadqiqotlari va xodimlarni rivojlantirish ehtiyojlarini rejalashtirish” bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi 🌐 Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida MUNIS loyihasining PRIM grant dasturi doirasida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Inson resurslarini boshqarish, marketing tadqiqotlari va xodimlarni rivojlantirish ehtiyojlarini rejalashtirish” bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. 🔹 Ushbu o‘quv kursi inson resurlari menejmenti va xodimlarni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi, xususan, inson resurlari strategiyasiga zamonaviy yondashuvlar qo'llash, mehnat samaradorligi bilan bog‘liq moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish tizimlarini tatbiq etish, biznesga ilm-fanni joriy etish - ilmiy ishlanmalar transferi, innovatsiyalar marketingi va grantlarni moliyalashtirish kabi mavzular yoritildi. 🔹O'quv dasturi ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ishlanmalar transferi, va ilmiy-tadqiqot sohasi uchun kadrlar tayyorlash institutning ehtiyojlari va o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan holda o'tkazildi. ____________________ 💠В рамках грантовой программы PRIM в Институте механики и сейсмостойкости сооружений проведен учебный курс по "Управлению человеческими ресурсами, маркетинговым исследованиям и планированию потребностей в развитии сотрудников" 🌐В течение сентября-октября текущего года в рамках грантовой программы PRIM проекта MUNIS в Институте механики и сейсмостойкости сооружений был проведен учебный курс по "Управлению человеческими ресурсами, маркетинговым исследованиям и планированию потребностей в развитии сотрудников". 🔹Данный учебный курс охватил основные направления управления человеческими ресурсами и развития персонала, в частности, такие темы, как применение современных подходов к стратегии человеческих ресурсов, внедрение систем материального и нематериального стимулирования, связанных с эффективностью труда, интеграция науки и бизнеса, трансфера научных разработок, маркетинга инноваций и финансирования грантов. 🔹Учебная программа была адаптирована к потребностям и специфике Института для реализации научных проектов, трансфера разработок и подготовки кадров для научно-исследовательской сферы. 📱https://t.me/Munis_Project 📱www.youtube.com/@MUNISProject 🌐https://wbgrants.uz
Posted Oct 13
#InnoWeek_2025 #MUNIS “InnoWeek-2025” – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “MUNIS” loyihalari bilan 3 ta oldi-sotdi shartnoma imzolandi. Haftalik ko‘rgazmasida “MUNIS” loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan 38 ta innovatsion ishlanma, mahsulot va xizmatlar namoyish etildi. “MUNIS” loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan ishlanmalar ko‘rgazmasi davomida umumiy qiymati sal kam 1,4 mlrd so‘m miqdorida jami 3 ta oldi-sotdi shartnoma imzolandi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Oct 11
#InnoWeek_2025 InnoWeek-2025 bugun ham o‘z ishini davom ettiradi. Avtobuslar qatnovi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Oct 11
#InnoWeek_2025 “InnoWeek-2025”: O‘zbekiston respublikasining ilmiy salohiyatini baholash natijalari e’lon qilindi. Tadbirda O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy audit natijalari taqdim etilib, ilmiy audit doirasida olingan xulosalar va milliy ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Posted Oct 10
#InnoWeek_2025 “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga muvofiq, Jahon banki moliyaviy ko‘magida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “MUNIS” loyihasi doirasida tashkil etildi. Sessiyaning asosiy maqsadi mamlakat ilmiy-tadqiqot faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan va biznes o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihaning amalga oshirilish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube