TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← “MUNIS” World Bank Project
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT POST

Post #468

@Munis_Project

“MUNIS” World Bank Project

Views386Post view count
PostedApr 1604/16/2025, 11:30 AM
Post content

Post content

#diqqat_tanlov 🟦🟦🟦 Innovatsion g‘oya yetakchisi ko‘krak nishoni uchun tanlovga hujjatlar qabuli davom etmoqda Ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar. Tanlovda ikki xil tartibda hujjat topshirish amalga oshiriladi: - Talabalar oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan komissiyalariga ; -Yosh olim va tashabbuskor fuqarolar esa yashab turgan tuman/shahar hokimliklarida tuzilgan komissiyalarga topshiradilar. ❗️Yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalarda hujjatlar 1-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan. ✔️Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tgan g’oliblar “InnoWeek.Uz” — Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tantanali ravishda taqdirlanadilar. Ko‘krak nishoni sohiblariga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube