Post content
#diqqat_tanlov 🟦🟦🟦 Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun amaliy tadqiqot loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 16-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube