Post content
“AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” loyihasining o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda. Ushbu o'quv dasturning asosiy maqsadi - Business Finance, Agriculture Enviromental, Medicine & Biology, IT Engineering & Math yo'nalishlari bo'yicha saralab olingan 200 nafar tadqiqotchi olimlarning, sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirgan holda, tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan. Mashg'ulotlar muntazam ravishda joriy yilning 2-avgust sanasidan boshlab haftaning har shanba kuni Innovatsion Rivojlanish agentligi binosida oflayn shaklda amalga oshirilmoqda. Ma'lumot uchun: Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida amalga oshirilmoqda. Batafsil ma’lumotlar: +998933225689 +998951705995 📧:[email protected]