TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← “MUNIS” World Bank Project
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT POST

Post #531

@Munis_Project

“MUNIS” World Bank Project

Views478Post view count
PostedSep 1809/18/2025, 10:51 AM
Post content

Post content

#InnoWeek_2025 “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish loyihasi”ga bag‘ishlangan panel sessiyasiga taklif etamiz! “InnoWeek-2025” —innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Jahon Banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi”ga bag‘ishlangan panel sessiyasi bo‘lib o‘tadi. 🟢 Tadbir davomida ilm-fan va innovatsiyalar sohasining rivojlanish mexanizmlari, barqaror innovatsion tizimni shakllantirishda xalqaro standartlarning o‘rni, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari kabi masalalar muhokama qilinadi. 🗣️ Asosiy ma’ruzachilar: ✅Erbol Suleymenov - “MUNIS” loyihasining xalqaro ekspertlar kengashi raisi; ✅Emil Martin - “MUNIS” loyihasining xalqaro ekspertlar kengashi a’zosi; ✅Yerali Beksultan - Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassisi; ✅Murod Xusanov - Barqaror rivojlanish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot masalalari bo‘yicha ekspert; ✅Dilfuza Egamberdiyeva - Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti laboratoriya mudiri. 📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:www.innoweek.uz Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube