Post content
#InnoWeek_2025 “InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga muvofiq, Jahon banki moliyaviy ko‘magida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “MUNIS” loyihasi doirasida tashkil etildi. Sessiyaning asosiy maqsadi mamlakat ilmiy-tadqiqot faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan va biznes o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihaning amalga oshirilish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube