Post content
MUNIS loyihasi: erishilgan natijalar va ikkinchi bosqich istiqbollari muhokama qilindi Joriy yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki vakillari bilan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish natijalari hamda uning ikkinchi bosqichini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Jahon banki ekspertlari Yerali Beksultan, Anna Ubaydullayeva va Gauhar Ospanova, hamda “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari Dilshod Azgarov ishtirok etdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/127719 👉На русском 👉In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram