TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
Onamga. Sen daladan chiqmading, ona, Kuzak chiqdi, bellaring chiqdi. Dalalardan yuz burgan shahar Gazetida she’rlarim chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xonatlasning xillari chiqdi. Kissam quruq, qilib masxara Kalishingni tillari chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xuftonlarda etak yamading. Dil bir taraf, dunyo bir taraf, Xudbin chiqdi Nurmuhammading. Sen daladan chiqmading, ona, Omonatim, o‘lmasim mening. O‘sha moviy qirlarga qarab Jonim chiqsa bo‘lmasmi mening?! Sen daladan chiqmading, ona. Nurmuhammad AZIZ http://t.me/dilgamaktublar