Post content
Bir davra suhbatida media, PR bo'yicha taklif aytinglar deyishdi, turib takliflarimni aytgandim. Taklifimni eshitib, Sherzod Shermatov: faqat pozitiv xabarlarmi, negativ xabarlaram zo'r uchadi, qandaydir bizda yerga urish, qoralashga moyillik bor, doim shunaqa xabarlar kengroq tarqaladi - degandi. Vazirni bu gapida jon bor. Negativ xabarlarning "qanoti" tezroq bo'lishining sababi nima degan hayol o'taverdi majlisdan keyin, jamiyatga sal teparoqdan evolyutsion qaralsa: Inson miyasi ming yillar davomida xavf-xatarni tezda payqashga moslashgan. Ajdodlarimiz uchun chiroyli gulni ko'rmay qolish shunchaki o'tkazib yuborilgan imkoniyat, lekin butadagi ilonni payqamaslik — o'limga olib keladi. Shuning uchun miyamizdagi amygdala (hissiyotlar markazi) ijobiy xabardan ko'ra, negativ (xavfli) xabarga bir necha barobar tezroq va kuchliroq reaksiya beradi. Biz "xavf" haqidagi xabarni ongsiz ravishda "muhim ma’lumot" deb qabul qilamiz. Negativity Bias - psixologiyada shunday tushuncha bor, inson teng qiymatdagi ijobiy va salbiy hodisadan negativini kuchliroq his qiladi. Masalan, $100 topganingizdagi xursandchilik, $100 yo'qotganingizdagi kuyunishdan kuchsizroq bo'ladi. Xabarlar borasida ham shunday: "Yangi maktab qurildi" degan xabar — bu me’yor, lekin "Maktab shifti tushib ketdi" degani — bu anomaliya va xavf signali. Ijtimoiy bog'liqlik va "Ogohlantirish" istagi - inson ijtimoiy mavjudot. Biz yaqinlarimizni xavfdan ogohlantirishni burchimiz deb bilamiz. Negativ xabarni ulashish orqali biz go'yo: "Ehtiyot bo'l, mana shunday muammo bor!" degan signalni tarqatamiz. Bu ongsiz ravishda jamoani himoya qilish instinktini uyg'otadi. Hissiy rezonans - negativ yangiliklar odatda kuchliroq emotsiyalarni uyg'otadi: g'azab, qo'rquv, achinish yoki adolatsizlik hissi. Ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari esa aynan reaksiyaga (engagement) qarab ishlaydi. Hissiyot qancha kuchli bo'lsa, odam shuncha ko'p izoh yozadi va ulashadi (share qiladi). P.S Negativ xabar — bu miyamiz uchun"shoshilinch signal", ijobiy xabar esa — "oddiy kundalik holatdagi kuydek". PR va media nuqtai nazaridan bu katta qiyinchilik tug'diradi: ijobiy islohotlar yoki yangiliklarni xuddi negativ xabardek "yopishqoq" va qiziqarli qilish uchun ko'proq kreativlik va energiya sarflashga to'g'ri keladi. Individualizm, tajribam istisnosida boshqacha holat ham bor, qo'rquvdan farqli, oq qorasiz, qo'rquvga antonim - muhabbat holi ham bor. Ayolimni bir gapi esimga keladi - Qusur uni ko'rganga oid. Menda 2017 yillarda qandaydir uyg'onish, tozalanish yuz bergan va absolyut negativ qarashlarim o'chib qolgan va umuman kritika qilolmay hammasiga pofig bo'lib qolgandim. Bu haqida - Iqrornomamda yozganman. @davroncapital