TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal
Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #16503

@fargonamadaniyat

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

Views379Post view count
PostedMar 3003/30/2026, 05:02 AM
Post content

Post content

#Tanlov ⚡️Poytaxtda “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi Respublikamizda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy jarayonlarda birlashtirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, soha rivojida fidoyiligini hamda tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi. “Yoshlik bahori” forumi 300 nafardan ortiq iqtidorli va tashabbuskor, ijodkor yoshlarni birlashtiradi. 💙Forum doirasida yoshlarga madaniyat va san’at sohasida manfaatli quyidagi 18 yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkaziladi: ✅ “Yoshlik bahori” Respublika yosh opera ijrochilari festivali; ✅ Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi; ✅ “Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi; ✅ “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi; ✅ “Folk party” respublika folklor jamoalari festivali; ✅ Taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar; ✅ Mahorat darslari va seminar-treninglar. Shuningdek, yosh olimlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida o‘tkaziladigan tanlov va festivallarda ishtirok etishga shoshiling! 📞 Bog'lanish uchun telefon: +998 88 438 48 98 Ma'lumot o'rnida, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston ¬ 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga ko'ra, tashkil etilmoqda. “Yoshlik bahori” — iste’dod, tajriba va kelajak sari dadil qadamdir! Telegram | Instagram | Facebook| Veb-sayt | YouTube