#python#cli#cti#cybersecurity#forensics#hacktoberfest#information_gathering#infosec#linux#osint#pentesting#python#python3#reconnaissance#redteam#sherlock#tools
Sherlock is a powerful tool that helps you find social media accounts by username across over 400 networks. It's easy to use and works on many operating systems like macOS, Linux, and Windows. You can install it using methods like `pipx` or Docker, and then simply type the username you want to search for. Sherlock will show you where that username is used on different social media platforms. This tool is useful for gathering information quickly and can be run locally or even online through services like Apify. It saves time and effort in finding accounts across many platforms.
https://github.com/sherlock-project/sherlock
#Aholi_murojaatlari_hokim_e’tiborida
#Cho‘ponotaMahallasi
#Ko‘ziOjizlarQo‘llabQuvvatlanadi
#InsonQadriUchin
#HokimNazorati
#MurojaatIjrosi
🏗 Ko‘zi ojizlar uchun munosib sharoitlar yaratish — amaliy ishlar boshlandi
Tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va mas’ullar tomonidan Chilonzor tumani hududidagi Cho‘ponota mahallasida joylashgan Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolarining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ayniqsa ko‘zi ojiz insonlar uchun erkin va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish yuzasidan qilgan murojaatlarida keltirilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida hudud infratuzilmasi, piyodalar yo‘laklari, kirish-chiqish yo‘llari, yoritish tizimi hamda ijtimoiy obyektlarga yetib borish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
👉👉👉 Tuman hokimligi tomonidan aholi, xususan imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor#Xayriya#Saxovat#Ramazon#Cho‘ponOta #Mahalla#EzguAmallar#HomiylarKo‘magida
“Cho‘pon ota” MFYda ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi
Ko‘zi ojizlar jome masjidining imom-xatibi A. Malikov homiylar ko‘magida “Cho‘pon ota” mahalla fuqarolar yig‘inida xayriya tadbirini tashkil etdi.
Mazkur tadbir doirasida 30 nafar ko‘zi ojiz, kam ta’minlangan hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarga umumiy qiymati 6 000 000 (olti million) so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.
Ezgu tashabbus orqali ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsad qilingan.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi