#c_lang#ctp#ctpapi#futures#options#quant#simnow#stock#tora#trader#tts#xtp
openctp is a powerful open-source trading platform compatible with many Chinese securities and futures trading systems, offering both real and simulated trading environments for futures, options, stocks, funds, and bonds across domestic and global markets like A-shares, Hong Kong, and US stocks. It provides easy access to CTPAPI through Python and other programming languages, plus user-friendly trading clients with graphical and command-line interfaces. You can register free simulation accounts instantly via WeChat, enabling you to practice and test trading strategies in real-time or 24/7 environments. It also offers training, development support, and a monitoring platform for multiple trading systems, helping you learn, develop, and trade efficiently with low costs and broad market access. This benefits you by giving a flexible, comprehensive, and cost-effective way to develop, test, and execute trading strategies across many markets with strong community and technical support.
https://github.com/openctp/openctp
#frilans
Ziyo kitoblar do'koni uchun dizayn tayyorladik!
🌙 Insha'alloh 23-mart sanasidan Ramazon oyi boshlanishi kutilmoqda. Shu sababli buyurtma asosida @ziyouzyaypan uchun «Ramazon Taqvimi» ni tayyorladik.
🗒 Azizlarga saharlik, iftorlik vaqtlarini hamda duolarni eslatib turishda yordamchi bo'ladi degan umiddamiz.
☺️ Taqvimlarimiz sizgacha yetib borsa va foydasi tegsa, duolaringizda bizni ham eslab qo'yishni unutmang!
📞 Dizayn xizmatlari uchun:
+998990009627 | @Ibrohimjon_65
@ITCenter_Yaypan
Kwork'da profil ochib qoʻydim. Bir ikkita ishlardan yengillab olsam, boshida kichikroq buyurtmalar olishga harakat qilib koʻrishim mumkin.
Masalan, boshida mobil dizaynlarga aloqador buyurtmalarga eʼtiborimni qaratishim mumkin.
— Mana buyerda aytilgan dasturchi aka esa, bitta proektni kelishib qoʻyib, 4-5 oydan beri, mijozdan feature'lar qoʻshtirib ketayotgan ekan. Yaʼniki, oylik emas, bitta summaga (fixed) kelishilgan proektni qoʻshimchalar qoʻshish bilan ishlab borayotgan ekanlar.
🎚️ Shu uchun mijoz bilan kelishuvni puxta qilish kerak, iloji boricha dizayn boʻyicha buyurtmani MVP bosqichiga deb kelishish kerak yoki qoʻshiladigan feature'larni oldindan aniqlab olib, shundan chiqmay ishlash kerak.
@suxrobblog » #kwork#frilans
💻Kwork.ru bo‘yicha fikrlarimni bo'lishishda davom etaman...
Hozirda bir mijoz bilan faol tarzda ishlayapman. Bundan tashqari, yaqinda yana bir mijozdan 5 ta loyiha chiqdi (har biri taxminan 30 000± rubl atrofida edi), lekin hozircha ularni rad etdim. Sababi, avval mavjud mijozlarimning ishini tugatib bermoqchiman. Ularga, hozirgi ishlarim tugashi bilan ularning loyihalarini olishim mumkinligini ham aytib qo‘yganman.
Umuman olganda, Kwork platformasida ishlash menga deyarli qiyinchilik tug‘dirmayapti. Faqat bitta masala bor, rus tilini yaxshilab o‘rganishim kerakligini his qilyapman 😅. Ko‘p terminlarni bilmayman, ba’zan oddiy yozishmalarda ham qiynalib qolyapman. Shuning uchun rus tilini ham asta-sekin o‘rganib borishim kerak.
(O‘zbek tilidan tashqari yana 3 ta til bo‘lyapti-a, karl! 😄)
Mijozimning o‘zi ham samimiy va ochiqko‘ngil inson ekan. Suhbat davomida, komplementlar qilib turibdi. To‘g‘risi, ularning budjeti ish hajmiga nisbatan ancha past narxda, lekin men baribir loyihani bajarib beraman deb aytganman. Jarayonlar cho‘zilib ketsa yoki menga minusga ketsa ham, so'zimda turib, ishni oxirigacha yetkazish niyatidaman.
Shu o‘rinda aytishim kerakki, mijozim ham suhbatda: “Ishni tashlab ketasiz deb o‘ylagandim” degandek gapirdi. Endi esa menga ishonch bildirayotgani sezilib, komplement qilib turibdi. Ishqilib, buncha maqtovdan keyin qo‘lim ishga bormay qolmasa bo‘ldi edi 😄
Xulosa qiladigan bo'lsak:
Kishi aytgan gapi va olgan mas’uliyati uchun javob bera olishi kerak.
Agar bunga tayyor bo‘lmasa, “bu ishga aqlim yetmaydi” deb boshqa yo'lni tanlagani afzal. Ishning sifati ham, obro‘si ham shundan boshlanadi.
@suxrobblog » #kwork#frilans#mijoz
#IT_Center#frilans
Bismillah deb frilanserlik faoliyatimizni ham boshlayapmiz
🤝 Eng avvalo keysimizni tumanimizdan boshlashga qaror qildik.
Tuman Istirohat bog'ining SMM xizmatini hech qanday moddiy manfaatlarsiz yuritishni boshladik.
☺️ Hozircha logo brending hamda kanal tayyor bo'ldi. insha'Allah rejalar katta.
SMM'dan xabari bor, media sohasida iqtidorga ega yoshlarni jamoamizga taklif etamiz.
✋ Bizga kerak:
– SMM'chi;
– Grafik dizayner;
– Video-montaj ustasi;
– Mobilograf va yana boshqalar
Havaskor yoshlarni ham qabul qilamiz. Bilganlarimizni o'rgatib, tajriba almashamiz.
🟢IT Center'da kutamiz
*Loyiha hech qanday moddiy manfaatlarni ko'zda tutmaydi!
@yaypanpark🎡#yaypanpark
@ITCenter_Yaypan – tumanimiz rivoji uchun