@Fanlar_akademiyasi · Post #25583 · 10/21/2025, 04:09 AM
#TIL – MILLAT KO‘RKI 21-oktyabr – o‘zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo‘lsin! O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Sizlarni yurtimiz tarixidagi muhim sanalardan biri – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ushbu ulug‘ bayram barchamizga quvonch, faxr va g‘urur ulashsin! Ona tilimiz abadiy yashasin, doimo barhayot bo‘lsin! 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Hashtags