#typescript#alibaba#low_code#lowcode
Low-code platforms like LowCodeEngine help you build applications quickly without needing to write a lot of code. This means you can create and deploy apps faster, which is good for businesses because they can respond quickly to changing needs. Low-code platforms also make it easier to update apps and improve user experience. They provide tools and components that simplify development, allowing developers to focus on more complex tasks and innovations. This approach helps prevent technical debt and supports better decision-making by providing real-time data insights[1][3][4].
https://github.com/alibaba/lowcode-engine
Davlatimiz rahbari “Yangi Oʻzbekiston” universitetining zamonaviy kampusi qurilishi bilan tanishdi
✅Taqdimotda universitet kampusi 3 bosqichda qurilib, birinchi bosqich 2026-yilda bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi ta’kidlandi.
🏛️Universitet umumiy 50 gektar maydonni egallab, unda jami 16 ta bino barpo etiladi.
Bundan tashqari talabalar uchun 2 ming oʻrinli talabalar yotoqxonasi va professor oʻqituvchilar uchun 286 ta xonadondan iborat 4 ta turar joy qurilishi rejalashtirilgan.
💥Kampus Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik va zamonaviy ta'lim maskanlaridan biri sifatida qad rostlaydi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#yangikampus#YangiToshkent
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Prezident tashrifi: Yangi O'zbekiston Universiteti yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevYangi O‘zbekiston universitetining Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan kampusi qurilish jarayoni bilan tanishdilar.
💡Davlatimiz rahbari mazkur kampus va unda yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim jarayonlari mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun namuna bo‘lishi va 2026–2027 o‘quv yili aynan ushbu ushbu kampusda boshlanishi lozimligini alohida ta’kidladilar.
Ushbu kampus nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqadagi eng yirik universitet majmualaridan biri bo‘lishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda bu yerda:
👍Muhandislik va Iqtisodiyot va boshqaruv maktabi o‘quv binolari,
👍Zamonaviy ilmiy laboratoriyalar,
👍Sun’iy intellektga ixtisoslashgan yirik data markaz,
👍hamda mintaqa miqyosida nufuzli xalqaro laboratoriyalar faoliyat boshlaydi.
🎓Ta’lim jarayonlari universitetning strategik hamkorlari — Massachusetts Institute of Technology va Technical University of Munich bilan hamkorlikda, jahon standartlariga mos tarzda tashkil etiladi.
✨Yangi O‘zbekiston universiteti ushbu kampus orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini yangi texnologik bosqichga olib chiqadigan, barcha sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy-ta’lim markaziga aylanishni maqsad qilgan.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#YangiKampus#YangiToshkent#Innovatsiya
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook