#javascript#nginx#nginx_proxy
Nginx Proxy Manager is a simple tool that helps you easily manage and secure your websites at home or elsewhere by forwarding internet traffic to them. It uses Docker for easy installation and offers a user-friendly admin interface, so you don’t need to know much about Nginx or SSL certificates. It provides free SSL certificates through Let’s Encrypt, supports user management, and allows you to set up domain forwarding and security features like access lists. This makes hosting your own web services safer and easier, especially if you want to expose them to the internet without complex setup[1][3].
https://github.com/NginxProxyManager/nginx-proxy-manager
#ITCenter#AKM
Xabaringiz bor, IT Center tuman axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Markaz binosida mo'jazgina ko'chma kutubxona tashkil etilgan bo'lib, bu yerda 50 dan ortiq o'zbek va jahon adabiyoti durdona badiiy asarlari o'rin olgan.
Bugun kutubxona hodimlari tomonidan markazga yangi adabiyotlar olib kelindi. Kitoblarning bari bugungi kun kitobxonlari o'rtasida juda ham ommalashgan adabiyotlardan iborat.
Xususan, «Muvafaqqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi», «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» «Ilon Mask muvafaqqiyat siri», «Alibaba», «Olim odam va olam», «Uch sayyohning safari» kabi sara asarlar kutubxonamizga taqdim etildi.
Albatta, ushbu kitoblar markazimizdagi barcha kitobxonlar uchun. Ularni be'malol olib mutolaa qilish imkoni mavjud.
Zero, yurtboshimiz xurmatli Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek«Kitob o'qigan, o'zini ustida ishlagan odamda qanot bo'ladi. U befarq bo'lmaydi. Uning kuchi bilimida bo'ladi»
Bizni kuzatishda davom eting
👉@ITCenter_Yaypan
Hududlardagi koʻplab Axborot-kutubxona markazlari (AKM) hali ham qog‘ozbozlik asosida ishlayotganidan xabaringiz bormi?
Ko‘plab joylarda kitoblar, kitobxonlar va berilgan kitoblar haqidagi ma’lumotlar hanuz daftar va qog‘ozlarda yuritiladi. Shu sababli kitobxon anketasi topish qiyin, kitob olish jarayoni sekin va kutubxona xodimlari ortiqcha hujjatlar bilan band bo‘lib qolmoqda. Balki ko‘plab startap egalari bu yo‘nalishda moddiy foyda olish imkoni mavjud emasligini anglagan holda, bu muammoga yechim taklif qilib ko‘rishmagandir.
Ikki yil davomida bu kabi AKM raqamlashtirilishini haqida eshitib keldim. Afsuski, amalda hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan so‘ng, bu masalaga befarq bo‘lmay, o‘zimiz tashabbus ko‘rsatishga qaror qildik.
Va kutubxonalar, kitobxonlar va kitoblar uchun raqamli tizim ishlab chiqdik. Bu tizim orqali hududlardagi kitoblar bazasi shakllantiriladi, kitob olish jarayoni tezlashdi va kutubxona xodimlari qog‘ozbozlikdan xalos bo‘lishi mumkin.
Muhim jihati shuki, bu loyihadan moddiy manfaat deyarli yo‘q. Maqsad — ta’lim uchun xizmat qilayotgan muassasalarni qog‘ozbozlikdan chiqarish va yoshlar uchun bilimga yetib borish yoʻllarini osonlashtirish.
Shu sababli bu xabarni yozayapman. Agar siz ta’lim sohasida ishlasangiz yoki bu yo‘nalishda ta’sir doirangiz bo‘lsa, ushbu tashabbusni tegishli odamlarga yetkazishingizni so‘rayman. Balki birgalikda foydasi bor ishni oldinga sura olarmiz!
Kutubxonalarni raqamlashtirishga hissa qoʻshish uchun bogʻlanish:
👉@tasir_menejer
👉 200098803
#kutubxona#talim#AKM