#other#agent#llm#rag
Happy-LLM is a free, open-source learning project that helps you deeply understand large language models (LLMs) from basics to advanced training and applications. It teaches you key concepts like NLP, Transformer architecture, pretraining, and how to build and train your own LLaMA2 model step-by-step. You also learn practical skills like fine-tuning and using cutting-edge techniques such as Retrieval-Augmented Generation (RAG) and intelligent agents. This project is ideal if you know some Python and deep learning, and it offers both theory and hands-on code to help you master LLM development and apply it in real-world AI tasks. This can boost your skills and confidence in AI model building and research.
https://github.com/datawhalechina/happy-llm
📢Hurmatli olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!
🗓2024-yil 18-dekabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Tadbirkorlikni barqaror rivojlanishida innovatsiyalar va investitsiyalarning roli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.
📌 Ushbu konferensiyada oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiyxodimlari, mutaxassislar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda izlanuvchilar o‘z ma’ruza tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.
⚠️Tezislarni taqdim etish qoidalari va shartlari ilovada keltirilgan.
🔗 Biz ushbu ilmiy platformada o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishdan mamnunmiz va barchangizni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
↗️ Innovatsiya va investitsiyalar orqali barqaror rivojlanish sari birgalikda intilaylik!
📃 Tezislarni taqdim etish uchun oxirgi muddat: 2024-yil 15-dekabr.
📧 Elektron pochta manzili: [email protected]
🅱️Konferensiya bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Ilmiy tadqiqotlar va grantlar bo‘limi
📞 Bog'lanish uchun telefon: +998 71 239-03-11
✉️Aloqa uchun pochta: [email protected]
📍 Manzil: Toshkent sh., Mirobod ko'chasi, 25
#GraduateSchool#Discussions#Insights#Uzbekistan
🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantiradi
✅Germaniya Tashqi ishlar vazirligi madaniyat va jamiyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari janob Stefan Rössel universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mutaxassis universitetning yangi barpo etilayotgan zamonaviy kampusi, ta’lim sharoitlari hamda Germaniya universitetlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan tibbiyot yo‘nalishi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.
⚡️Janob Rossel universitet konsepsiyasi va xalqaro hamkorlik strategiyasini yuqori baholab:
“Yangi O‘zbekiston universiteti — bu mamlakatning ta’limdagi yangi davri ramzi. Men bu yerda yosh avlodga yaratilayotgan sharoitlardan chin dildan ilhomlandim”.
🤝Ushbu uchrashuv ikki davlat o‘rtasida innovatsion tibbiyot ta’limi va ilmiy hamkorlik yo‘lida yangi bosqichni boshlab berdi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Germany#discussions#embassy
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer universitetimizga tashrif buyurdi
✅ Tashrif davomida universitetning xalqaro loyihalari, Germaniya bilan hamkorlikdagi ta’lim dasturlari, va ikki davlat yoshlarining akademik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
✨ Elchi Huterer universitet infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalar, va xalqaro standartlarga mos ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishdi.
⚡️ Bu tashrif O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ta’lim diplomatiyasining yana bir yorqin namunasiga aylandi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Germany#discussions#embassy
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
O‘zbek akademiyasi va nemis sanoati o‘rtasida hamkorlik ekotizimini yaratish bo'yicha davra suhbati o'tkazildi!
🌐 Tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 30 ga yaqin germaniyalik sanoat kompaniyalari ishtirok etdi.
✅ Nemis kompaniyalariga "Yangi O'zbekiston" universitetining innovatsiya, ilmiy-tadqiqot va akademik salohiyati taqdimot qilindi. Ishtirokchilar ta'lim, ilm-fan va sanoat o'rtasida ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
☑️ Tadbir yakunida "Yangi O'zbekiston" universiteti va germaniyalik sanoat kompaniyalari o'rtasida talabalar amaliyoti, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, olimpiada, hakaton va shu kabi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Germany#discussions#embassy
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook