#python#agent#alibaba#artificial_intelligence#information_seeking#llm#multi_agent#rag#web_agent
You can use advanced AI models like WebSailor and WebDancer from Alibaba's Tongyi Lab to perform complex web tasks such as searching, browsing, and answering questions automatically. These models are trained to think deeply and handle difficult information-seeking tasks that were hard before. WebSailor excels in reasoning and can solve very challenging problems, while WebDancer learns to search and reason on its own through a special training process. Using these tools helps you get accurate, multi-step answers from the web quickly and efficiently, saving you time and effort in research or information gathering. They are open-source and come with demos to try out easily[3].
https://github.com/Alibaba-NLP/WebAgent
Navbatdagi amaliy tashrif «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» kompaniyasiga
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» zavodiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Coca-Cola kompaniyasi vakillari kompaniya tarixi, korxonaning hozirgi faoliyati, yangi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari va quvvatlarning ishga tushirilishi hamda yaqin kelajakda chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi mahsulot turlari haqida ma’lumot berdilar.
Tinglovchilar zavoddagi texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish menejmenti, barcha liniyalardagi boshqaruv tizimi, inson resurslarini boshqarish va kompaniya strategiyasi bilan amaliy tanishdilar.
Mazkur tashrif mazmunli ruhda o‘tdi, tinglovchilar barcha qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
🇷🇺RU
🇬🇧ENG
#GSBE#GraduateSchool#CCIU#Experience#Study
🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
🎚 «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» kompaniyasiga tashrifdan videolavha
✅ Ma'lumot uchun: Turkiyaning Coca Cola Icecek (CCI) kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 2021-yilda qayta boshlagan va mamlakatdagi yetakchi xorijiy investorlardan biriga aylangan. Mazkur kompaniya sotuv hajmi bo‘yicha Coca-Cola tizimidagi asosiy botlerlardan biri hisoblanadi. Kompaniya Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida 3 ta zavodni boshqaradi.
📺Mazkur tashrifni tashkil etishda yaqindan yordam bergan «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz
#GSBE#GraduateSchool#CocaColaİçecek#Experience#Education#CCIU
🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube
🔴 «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» kompaniyasiga amaliy tashrif
🔵 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari O‘zbekistondagi yirik xalqaro ishlab chiqaruvchilardan biri — «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» kompaniyasiga tashrif buyurishdi.
🌟 Tashrif davomida tinglovchilar kompaniyaning zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni, menejment va operatsion boshqaruvdagi ilg‘or yondashuvlari, sifat nazorati tizimi, ekologik barqarorlik tamoyillari hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
☑️ «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» kompaniyasining barqaror rivojlanishga sodiqligi, mahalliy bozor uchun moslashtirilgan strategiyalari va ijtimoiy mas'uliyatga asoslangan faoliyati tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular uchun bu tashrif nafaqat korxonaning ichki tizimi bilan tanishish, balki biznes qarorlar qanday shakllanishini amalda ko‘rish imkonini berdi.
🔴Tashrif so‘nggida kompaniya tomonidan tinglovchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🇷🇺Подробнее
🇬🇧More
#GSBE#GraduateSchool#CocaColaİçecek#Experience#Education#CCIU
🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube