TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GitHub Trends

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @githubtrending · Post #14989 · Jul 23

#c_lang#bluetooth#bluetooth_le#embedded#embedded_c#iot#mcu#microcontroller#real_time#rtos#zephyr#zephyr_rtos#zephyros Zephyr is a free, open-source real-time operating system (RTOS) designed for small, resource-limited devices like sensors, wearables, and IoT gateways. It supports many hardware types such as ARM, Intel x86, and RISC-V, making it flexible for different projects. Zephyr is modular, so you can include only what you need, saving memory and power. It focuses on security with features like memory protection and secure boot. It also offers built-in networking and tools for easy development and testing. This helps you build reliable, fast, and secure embedded systems efficiently, especially for IoT and real-time applications[1][2][3]. https://github.com/zephyrproject-rtos/zephyr

Results

2 similar posts found

Search: #chamber

当前筛选 #chamber清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2761 · 11/14/2025, 11:33 AM

🇺🇿🇺🇸 AQSh, Pittsburg savdo-sanoat palatasiga tashrif 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan AQShda tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Pittsburg area Chamber of Commerce (Pittsburg savdo-sanoat palatasi) tashkilotiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes yuritishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, shuningdek, mahalliy biznes muhitining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Tashrif ishtirokchilari AQShdagi kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, investitsion imkoniyatlar, shahar darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Pittsburg savdo-sanoat palatasi vakillari ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari uchun AQSh bozorida faoliyat yuritish bo‘yicha maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya aloqalarini chuqurlashtirish va o‘zaro tajriba almashish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari tashrif davomida kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishdilar. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#Chamber#Business#Partnership 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube