TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GitHub Trends

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @githubtrending · Post #15321 · Dec 9

#go#game_engine#game_engine_2d#game_engine_3d#game_engine_development#game_engine_framework#gameengine#go#golang Kaiju Engine is a fast, modern 2D/3D game engine written in Go and powered by Vulkan, designed for simplicity and high performance. It runs on Windows, Linux, Android, and is working on Mac support. Kaiju offers much faster rendering speeds and lower memory use than popular engines like Unity, making game development quicker and more efficient. It uses Go’s garbage collector to help prevent common programming errors, improving stability. You can write games directly in Go, and the engine supports local AI integration and a flexible UI system using HTML/CSS. Although the editor is still in development, the engine itself is production-ready, offering a powerful tool for developers who want speed and simplicity. https://github.com/KaijuEngine/kaiju

Results

4 similar posts found

Search: #ehson

当前筛选 #ehson清除筛选
ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #3832 · 03/11/2026, 02:27 PM

#ehson#saxovat 🌿Hamkorlik va saxovat yo‘lida uchrashuv Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova Istanbul shahridagi Said Ömer mahallasi muhtori Buket Kızıltan bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur mahalla muhtori bilan Jamiyatimiz o‘rtasida anchadan buyon samimiy munosabat yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mahallada ko‘plab o‘zbek hamyurtlarimiz istiqomat qilgani sababli, ular bilan doimiy aloqada bo‘lib, turli ijtimoiy va xayriya tadbirlari hamkorlikda amalga oshirilishi bo’yicha rejalar tuzilgan. Uchrashuv davomida mahalladagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ehson qutilari tarqatildi. Ushbu xayrli tashabbus orqali ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida Jamiyatimiz rahbari tomonidan Buket Kızıltan xonimga o‘zbek milliy adras to‘ni esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi. 🌐 Bizni kuzatishda davom eting! 🌎Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81211 · 03/10/2026, 04:50 AM

#Ramazon#Iftorlik#SaxovatVaMuruvvat#BeshqorgonMFY#Ehson#Chilonzor Ramazon oyida saxovat: 150 nafar fuqaroga iftorlik tashkil etildi Matn: “Bo‘ta buva” jome masjidi imom-xatibi Sirojiddin domla Xudoyqulov muborak Ramazon oyi munosabati bilan o‘ziga biriktirilgan “Beshqo‘rg‘on” MFYda ezgu tashabbusni amalga oshirdi. Mahalla raisi bilan hamkorlikda homiylar jalb qilinib, “Beshqo‘rg‘on savdo markazi” oshxonasida mahallada yashovchi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolari, shuningdek yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Mazkur xayriya tadbiri doirasida 150 nafar fuqaroga jami 7 500 000 so‘mlik iftorlik tashkil etildi. Bu kabi ezgu ishlar Ramazon oyining mehr-oqibat va saxovat fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🔵Chilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81205 · 03/10/2026, 04:43 AM

#Chilonzor#SaxovatVaMuruvvat#Ehson#KamTaminlanganOilalar#IjtimoiyHimoya#RamazonSaxovati Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi Chilonzor tumanidagi Nosirxon jome masjidi imom-xatibi Sherali Tashmatov tashabbusi bilan “Kattta Dombirabod” MFY hududida yashovchi kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga homiylar tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 25 000 000 so‘m miqdorida pul mablag‘lari ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. Ushbu ezgu tashabbus aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qilib, jamiyatda mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda. 🔵Chilonzor_tumani_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81041 · 03/04/2026, 11:06 AM

#Saxovat #Ramazon #Chilonzor #Mahalla #MehrOqibat #Ehson #Yaxshilik #Hamjihatlik #SavobliAmal Ramazon oyida "Chilonzor" mahallasida xayriya tadbirlari keng quloch yoymoqda Qutlug‘ Ramazon oyida yurtimizda xayriya va saxovat ishlari yanada keng quloch yoymoqda. Bu muborak oy mehr-shafqat, bag‘rikenglik va o‘zaro yordam timsoli hisoblanadi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish, yolg‘iz keksalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berish kabi ezgu ishlar xalqimizga xos olijanob fazilatlarni namoyon etmoqda. Shuningdek, Chilonzor mahallasida yashovchi homiylar tomonidan ehtiyojmand oilalarga xayr-ehson qilish maqsadida oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechaklar, poyafzallar hamda pul mablag‘lari ajratilmoqda. Mahalla yettiligi tomonidan ushbu ehsonlar manzilli ravishda o‘z egalariga yetkazilmoqda. Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday savobli tadbirlar jamiyatda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, mehr-oqibat va insoniylik qadriyatlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Alloh taolo qilinayotgan barcha xayrli amallarni qabul aylasin. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi