TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GitHub Trends

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @githubtrending · Post #15321 · Dec 9

#go#game_engine#game_engine_2d#game_engine_3d#game_engine_development#game_engine_framework#gameengine#go#golang Kaiju Engine is a fast, modern 2D/3D game engine written in Go and powered by Vulkan, designed for simplicity and high performance. It runs on Windows, Linux, Android, and is working on Mac support. Kaiju offers much faster rendering speeds and lower memory use than popular engines like Unity, making game development quicker and more efficient. It uses Go’s garbage collector to help prevent common programming errors, improving stability. You can write games directly in Go, and the engine supports local AI integration and a flexible UI system using HTML/CSS. Although the editor is still in development, the engine itself is production-ready, offering a powerful tool for developers who want speed and simplicity. https://github.com/KaijuEngine/kaiju

Results

2 similar posts found

Search: #ommaviyqabul

当前筛选 #ommaviyqabul清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81872 · 03/18/2026, 04:20 PM

#HokimQabuli #OmmaviyQabul #FuqarolarMurojaati #OchiqMuloqot #XalqBilanMuloqot Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi Chilonzor tumani hokimligi binosi old maydonida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan aholi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida 80 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 42 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi hamda 1 nafar fuqaro murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 23 ta murojaat bo‘yicha esa mas’ullarga aniq muddatlar belgilanib, ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Mazkur ommaviy qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 👉👉👉Lavhamizda jarayonlar 🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83020 · 04/09/2026, 12:42 PM

#Chilonzor#OmmaviyQabul #XalqBilanMuloqot #InsonQadri #ChilonzorHokimligi #Hisobot Chilonzorda ochiq muloqot: Tuman rahbarlari aholi muammolarini joyida hal etmoqda Bugun Chilonzor tumani hokimligi oldidagi ochiq maydonda aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning dardu tashvishlariga yechim topish maqsadida navbatdagi ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu ochiq muloqotda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari va boshqa mas’ul mutasaddilar ishtirok etib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bevosita tingladilar. Tizimli ishlar raqamlarda: Aytish joizki, tumanda aholi bilan muloqot qilishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, joriy yilning 1-choragi davomida: * 36 marotaba ommaviy va sayyor qabullar tashkil etildi; * Jami 303 nafar fuqaro qabul qilindi; * Murojaatlarning 179 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 80 tasi huquqiy tushuntirish orqali qanoatlantirildi; * Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, 23 tasi nazorat ostida ijro jarayonida turibdi. Bugungi qabul ham ushbu tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda ko‘tarilgan har bir masala sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Inson qadri va xalq roziligi — faoliyatimizning asosiy mezoni! 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi