TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GitHub Trends

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @githubtrending · Post #15421 · Jan 18

#python#audio#deeplearning#minicpm#python#pytorch#speech#speech_synthesis#text_to_speech#tts#tts_model#voice_cloning VoxCPM is a free, open-source TTS tool that turns text into realistic speech without tokens, creating expressive audio that matches context and clones voices perfectly from just 3-10 seconds of sample. Download VoxCPM1.5 (800M params) from Hugging Face, install via pip, and use simple Python or CLI commands for fast synthesis (RTF 0.15 on RTX 4090) or fine-tuning your own voices. You benefit by easily making natural audiobooks, podcasts, clones, or apps with pro-quality sound—saving time and costs on voice work. https://github.com/OpenBMB/VoxCPM

Results

1 similar post found

Search: #tarixvameros

当前筛选 #tarixvameros清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81760 · 03/17/2026, 05:29 AM

#Chilonzor_OAVda #IslomSivilizatsiyasiMarkazi #TarixVaMeros #Madaniyat #Turizm #AjdodlarMerosi #Manaviyat Islom sivilizatsiyasi markazi – tarix va ma’naviyatga sayohat! Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun nafaqat yurtimiz aholisi, balki xorijlik mehmonlar e’tiborini ham o‘ziga tortayotgan muhtasham maskanlardan biriga aylandi. Yaqinda ushbu markazga nuroniylar tashrif buyurib, uning boy va mazmunli ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Markazda yurtimizning ko‘hna tarixi, boy madaniyati, buyuk bobokalonlarimizning hayoti va bebaho merosi haqida batafsil ma’lumotlar jamlangan. Bu yerga qadam qo‘ygan har bir inson go‘yo o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘ladi – tarix nafasi, ajdodlarimizning ulug‘ ishlari va ma’naviy merosi jonli tarzda namoyon etiladi. Nuroniylar ham ushbu maskandan olam-olam taassurotlar olib qaytdilar. Ular bu yerda Islom dini va madaniyatining yurtimizda qanday rivojlanib kelayotgani, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘li haqida har tomonlama va chuqur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan ushbu markaz orqali mamlakatimizning barcha hududlari tarixi va madaniyati haqida interaktiv va qiziqarli shaklda ma’lumot olish mumkin. Bu esa uni nafaqat mahalliy aholi, balki butun dunyodan keladigan sayyohlar uchun ham nihoyatda jozibador maskanga aylantirmoqda. Shubhasiz, Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning eng muhim va e’tiborga molik vizit kartalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 👉👉👉 Nuroniylarimizning Islom svilizatsiyasi markazidagi ekskursiya jarayonlari "O‘zbekiston 24" telekanali dasturlarida keng yoritildi. 🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi