#shell
ESP-CSI uses Wi-Fi Channel State Information (CSI) on all ESP32 chips to sense breathing, chewing, walking, or other movements without contact or extra hardware. You get rich data like signal phase and amplitude for smart monitoring, activity detection, positioning, and AI apps, with easy OTA upgrades, BLE help, and examples for quick starts like radar or cloud uploads—saving costs while boosting your IoT projects' accuracy and reliability.
https://github.com/espressif/esp-csi
#diqqat#hemis#talaba#YAN
❗️Barcha professor-o’qituvchilar va talabalar diqqatiga!
✅ HEMIS AT tizimining oʻqituvchi profilidagi “Yakuniy nazorat” va “Boshqa nazoratlar” menyularidagi “Reyting qaydnomalari”da oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda.
⚠️ Tizimning endigi chiqariladigan yangi versiyasida (1.4.5) Reyting qaydnomasiga fan boʻyicha talabalarning oʻzlashtirish baholarini bir marta kiritib saqlash masalasi joriy qilinmoqda. Yaʼni bitta qaydnoma bir marta toʻliq toʻldirilib, bir marta saqlanishi mumkin.
🙏 Shuning uchun professor-oʻqituvchilar talabalarning YAN topshiriqlarini toʻliq baholab, barcha talabalar toʻgʻri baholanganiga ishonch hosil qilib keyin tizimning reyting qaydnomasiga kiritishini soʻraymiz.
✅ Talabalardan esa YANgacha bo’lgan barcha nazoratlardan belgilangan baholarni o’zlashtirish hamda YANga o’z vaqtida va tegishli talablarni bajargan holda kirishlari so’raladi.
☄️ Tizimga baholarni kiritish reglament boʻyicha 5 kun ichida faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin. Baholar kiritilib saqlangandan soʻng reyting qaydnomasi toʻliq yopiladi. Yopilgan reyting qaydnomasiga qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirishlarga ruxsat berilmaydi.
➡️ Barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarga yetkazing.
👨💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_botga murojaat qilishingiz mumkin.
✈️TerDU Registrator ofisi