@ITmastersuz · Post #12794 · 03/28/2026, 04:31 AM
🔗 Tracking link nima o‘zi? 🌐 Internetda ba’zi linklar juda uzun va tushunarsiz bo‘ladi. Masalan: yandex.ru/an/count/abc123xyz... Bu oddiy link emas: Tracking link — bu bosganimizni kuzatadigan maxsus link. 📊 U orqali: kim bosdi, qayerdan keldi (Telegram, Instagram va h.k.), qachon bosildi, nechta odam kirdi va hammasi hisoblab boriladi. ❓ Nega juda uzun bo‘ladi? Chunki ichida yashirin ma’lumotlar (ID, vaqt, manba) kodlangan bo‘ladi. ⚠️Eslatma: Tracking linklar zararli emas, lekin ular sizni kuzatadi (analitika uchun). 📱Bizning barcha loyihalar | #tracking
Hashtags