@gsbe_uz · Post #1862 · 12/10/2024, 03:28 PM
📢Hurmatli olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar! 🗓2024-yil 18-dekabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Tadbirkorlikni barqaror rivojlanishida innovatsiyalar va investitsiyalarning roli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz. 📌 Ushbu konferensiyada oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiyxodimlari, mutaxassislar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda izlanuvchilar o‘z ma’ruza tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin. ⚠️Tezislarni taqdim etish qoidalari va shartlari ilovada keltirilgan. 🔗 Biz ushbu ilmiy platformada o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishdan mamnunmiz va barchangizni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif qilamiz! ↗️ Innovatsiya va investitsiyalar orqali barqaror rivojlanish sari birgalikda intilaylik! 📃 Tezislarni taqdim etish uchun oxirgi muddat: 2024-yil 15-dekabr. 📧 Elektron pochta manzili: [email protected] 🅱️Konferensiya bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Ilmiy tadqiqotlar va grantlar bo‘limi 📞 Bog'lanish uchun telefon: +998 71 239-03-11 ✉️Aloqa uchun pochta: [email protected] 📍 Manzil: Toshkent sh., Mirobod ko'chasi, 25 #GraduateSchool#Discussions#Insights#Uzbekistan 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube