@gsbe_uz · Post #1354 · 05/16/2024, 02:01 PM
🌀 Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi ✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan joriy yilning 16-17 - may kunlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamkorligida “Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida yaqinda ishga olingan hokim yordamchilari uchun o‘quv seminar darslari tashkil etildi. 👥 O‘quv-seminar dasturiga aholi bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit, subsidiya, ijara asosida ajratilgan yer maydonlari, bo‘sh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda hokim yordamchilari faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’ruzalar kiritilgan, ushbu dastur asosida hududlardagi 2 mingdan ziyod hokim yordamchilari mazkur kurslarda malaka oshirmoqda. ☝Batafsil ma'lumot #GraduateSchool#Entrepreneurship#Business#Increase 🌐Web-site | ✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram