@jahonvaiqtisodiy_xabarlar · Post #807 · 03/16/2021, 01:02 PM
🏹Arrow – tovushdan tez uchuvchi dunyodagi ilk dron. Singapurning Kelley Aerospace aviatsiya kompaniyasi o‘zining Arrow jangovar dronini taqdim qildi va 100dan ortiq buyurtmalar tushganini tasdiqladi. Fantast yozuvchilar bashorat qilganidek pilotsiz jangovar dronlar borgan sari tezkorroq va kuchliroq bo‘lib bormoqda. Ular bir-biri bilan jang qilishga o‘rganib, eskiroq modellarni yo‘q qilyapti. Boshqacha aytganda, mashhur «Terminator» filmidagi to‘qima Skynet tobora reallashib bormoqda. Ko‘pmaqsadli jangovar pilotsiz Arrow 2,1 Max tezligiga erishishi (2570 km/s) va 16800 parvoz vazni bilan 4810 kilometrni bosib o‘tishi mumkin. Bir dona Arrow’ning bahosi komplektatsiyasiga qarab 9-16 million dollar orasida bo‘ladi. Bugunga kelib, Singapurning Seletar aerokosmik parkida Arrow’ni to‘laqonli ishlab chiqarishga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda 👉@TheDailyUz — #TheTech
Hashtags