@newuzbekistanuniversity · Post #3602 · 04/25/2025, 01:14 PM
Talabalarimiz hayoti mashhur olimlarning ma'ruzalari bilan yanada qiziqarli o'tmoqda 💥 Bugun dunyoda 9-o'rinda turuvchi Imperial College London oliygohi professori vatandoshimiz Rustam Ibragimov tomonidan iqtisodiyot bo'yicha ma'ruza tashkil etildi. ⚡️ Xorijlik va xorijda tahsil olgan professor o'qituvchilarning darslari va dunyoning top oliygohlarida ishlovchi professor-o'qituvchilarning universitetimizga doimiy kelib ma'ruza o'tishlari talabalarimiz zamonaviy bilimlarni puxta o'rganishlariga imkon yaratadi. 🌐Rustam Ibragimov Yale universitetida tahsil olgan hamda bir necha yil Harvard universitetida dars bergan. Bundan tashqari u Oxford, Cambridge va Columbia universitetlarida ham ta'lim bergan. 🎗 Professor Rustam Ibragimovdek yuksak bilim va tajribaga ega olimlarimiz O'zbekistonga kelib, universitetimizda bilim berayotganliklaridan faxrlanamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #guestlecture#harvard#yale#economics ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook