TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filialida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, filialning barcha tuman va shahar bo‘limlari xodimlari o‘z hududlarida faol ishtirok etib, ofis binolari atrofi va ishlab turgan obyektlarda tozalik ishlarini olib bordilar. Yashil maydonlar parvarish qilindi, yo‘l va piyodalar yo‘laklari bo‘yab chiqildi. Mazkur xayriya hashari nafaqat hududni obodonlashtirish, balki jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz