TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 1 of 84 · 1,004 posts
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtlarida ehtiyot choralariga qat’iy amal qiling Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz: ➖Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang; ➖Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang; ➖Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang; ➖Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning; ➖Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang. Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 KIBERFIRIBGARLARDAN OGOH BOʼLING! Soʼnggi vaqtlarda Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining telefon raqamlariga xorijdan shubhali qoʼngʼiroqlar boʼlishi koʼp kuzatilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan oʼtkazilgan tahlillar natijasida quyidagilar aniqlandi. Xususan: - bunday qoʼngʼiroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Firibgarlar ushbu tizimlar yordamida oʼzlarining haqiqiy raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini koʼrsatishlari mumkin; - ular qoʼngʼiroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalashtirib qoʼyganliklari bois, mobil kompaniyalar tizimida bu qoʼngʼiroqni kim va qaerdan amalga oshirganligini aniqlash mushkul; - bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda hech qanday maʼlumot boʼlmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qoʼngʼiroq paytida soxtalashtirilgan va vaqtinchalik raqamlar ekanligini anglatadi. Taʼkidlash joizki, shubhali qoʼngʼiroqlar abonentlar uchun quyidagi xavflarni yuzaga keltiradi: - bunday xorijiy raqamlarga qoʼngʼiroq qilish telefon balansidagi mablagʼning yechib olinishiga sabab boʼladi; - firibgarlar oʼzlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi; - goʼshakni koʼtarish raqamingizning “faol” ekanligini bildiradi va natijada sizga boʼladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi; - sizning ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sunʼiy intellekt yordamida soxtalashtirish orqali yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin. Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmaslik uchun notanish va shubhali chet el raqamlaridan boʼlayotgan qoʼngʼiroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qoʼngʼiroq qilmaslik, ushbu raqamlarni bloklash hamda shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga oshkor qilmaslikni tavsiya etamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “RAHBAR KUBOGI” MUSOBAQASIDA SHAHAR ENERGETIKLARI GʼOLIBLIKNI QOʼLGA KIRITDI “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Sirdaryo hududiy filiali rahbariyati hamda Kasaba uyushma qoʼmitasi tashabbusi bilan tizim xodimlari oʼrtasida sportning mini-futbol turi boʼyicha anʼanaviy “Rahbar kubogi” musobaqasi oʼtkazildi. Ushbu sport tadbirida viloyatning turli shahar va tumanlaridan jami 18 ta jamoa ishtirok etib, maydonda oʼzaro keskin va qizgʼin bahslar olib bordi. Musobaqa davomida jamoalar nafaqat mahorat, balki birdamlik va jamoaviy harakatni ham namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga koʼra, Guliston shahar elektr taʼminoti jamoasi barqaror oʼyin va yuksak tayyorgarlik evaziga birinchi oʼrinni qoʼlga kiritib, musobaqa gʼolibiga aylandi. Ikkinchi oʼrin Boyovut tuman elektr taʼminoti jamoasiga nasib etgan boʼlsa, kuchli uchlikni Аxborot texnologiyalari boʼlimi jamoasi yakunladi. Gʼolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ularga esdalik sovgʼalari bilan bir qatorda “Oʼzbekiston boʼylab sayohat” loyihasi doirasida bepul sayohat yoʼllanmalari ham topshirildi. Taʼkidlanishicha, mazkur musobaqa tizim xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash, shuningdek, doʼstona va hamjihat muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. “Rahbar kubogi” kabi sport tadbirlari kelgusida ham davom ettirilib, tizimdagi xodimlarning faolligi va jamoaviy ruhini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATIGA E’TIBOR – AMALIY YECHIMLAR SARI MUHIM QADAM Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratilib, hududlarda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash borasida izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Urganch tumani “Shermatlar” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan elektr kuchlanishining me’yor darajasida emasligi yuzasidan murojaat yo‘llangan edi. Mazkur murojaat mas’ullar tomonidan tezkorlik bilan o‘rganilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni paytda ushbu hududda elektr tarmog‘ini yangilash va mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 45 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. Bu esa mavjud tarmoqlarni yangilash va yuklamani to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi. Shuningdek, quvvati 100 kVA bo‘lgan yangi transformator punktini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha amalga oshirilgach, hududdagi elektr ta’minoti yanada barqarorlashadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan ushbu ishlar yakuniga yetkazilgach, “Shermatlar” mahallasi aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji sifatli va uzluksiz tarzda ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Aholi murojaatlariga tezkor va samarali yondashuv esa tizimdagi ochiqlik va mas’uliyatning yana bir amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 SOG‘LOM MAʼNAVIY MUHIT – JAMOA BOYLIGI Jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirish va jamoaviy qadriyatlarni mustahkamlashda interfaol metodlarning o‘rni beqiyos. Ana shunday samarali usullardan biri – kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdir. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filialida aynan shu yo‘nalishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Prezident asarlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Mazkur uchrashuvlar nafaqat xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga, balki ularning Vatanga sadoqat, fidoyilik va masʼuliyat kabi fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Islom sivilizatsiyasi markazi “Largest Museum of Islamic Civilisation” — yaʼni dunyodagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi nominatsiyasi boʻyicha Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Ushbu markaz oʻzida zamonaviy texnologiyalarni, boy qoʻlyozmalar toʻplamini hamda Sharqning buyuk olimlari va mutafakkirlariga bagʻishlangan interaktiv ekspozitsiyalarni mujassam etadi. Uning tashkil etilishi madaniy va maʼnaviy merosni asrash va chuqur oʻrganish, shuningdek, ushbu bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 14
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TADBIRKORLAR BILAN SAMARALI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati Xonqa tumani elektr ta’minoti binosida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida elektr ta’minoti sohasiga oid loyihalashtirish jarayonlari, shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va muammolarni bevosita mutaxassislarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Mutasaddilar esa ushbu masalalarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish yo‘llarini batafsil tushuntirib berdilar. Shu bilan birga, qurilish-montaj ishlari, elektr qurilmalaridan samarali foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar yuzasidan ham keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tezkor va samarali hal etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 13
📌 📌 📌 📌 📌 📌 ANDIJONDA ELEKTR TARMOQLARIGA NOQONUNIY ULANGAN OBEKT ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Andijon hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) va Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti hamda ASKUE bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida qonunbuzarlik holati aniqlandi. Xususan, Andijon shahri “Yangi bo‘ston” MFY hududida joylashgan “A.R.S.” MCHJga tegishli bo‘lgan avtoservisda elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, energiyadan noqonuniy ravishda foydalanib kelinganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu noqonuniy harakatlar natijasida jamiyatga 1,2 mlrd. so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 13
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HUDUDLARDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Namangan viloyati hududlarida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida rejali mukammal ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Kosonsoy tumanida umumiy 82 ta transformator punkti 213 km havo uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi. Hududlarda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ularni soz holatda saqlash bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 13
📌 📌 📌 📌 📌 📌 FORISH TUMANIDAGI 500 MVT QUVVATLI QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYASI YILIGA 1 MLRD KVT⋅SOAT ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARADI Eslatib o‘tamiz, ushbu quyosh fotoelektr stansiya 2025-yil 5-dekabr kuni Prezidentimiz boshchiligida ishga tushirilgan edi. Yirik energetika loyihalarining hayotga tatbiq etilishi mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti va davlat kafolatlarining amaliy natijasidir. Bu kabi loyihalar nafaqat energiya xavfsizligini ta’minlaydi, balki hududlarda yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 13
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON O‘RTASIDA ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK IKKI DO‘ST VA QARDOSH DAVLATLAR MUNOSABATLARINING YORQIN NAMUNASIDIR Sohadagi hamkorlik “Qambarota GES-1” qurilishi kabi yirik mintaqaviy loyihalardan tortib, “yashil” energiyani Yevropaga eksport qilish bo‘yicha olib borilayotgan kelishuvlarni ham qamrab oladi. Batafsil YouTube’da ko’rish 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 13
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Maxsus reportaj: Hududlar infratuzilmasi yaxshilanmoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida viloyatning turli hududlarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Ohangaron tumanida og‘ir toifadagi hududlar sirasiga kiritilgan oltita mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgan ishlar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturining navbatdagi sonida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz